|
International Conference on Developments in EducationBog'liq 3.docxInternational Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https
:
econferencezone.org
27
th
Jan. 2023
18
bog’liqliligi, o’zaro aloqadorliligi, turli- tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-
nazariy, ko’rgazmali-amaliy), diqqati (qat‘iyliligi, boshqaga ko’chishi), motivasiya (ishlashda
faol shakllari, yuqori darajada ko’rgazmalilik, o’z vaqtida qayta aloqa yordamida
o’quvchilarning yuqori darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda rag’batlantirish), xotira,
tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim,
ko’nikma va malakalarini hisobga olib, o’quv fani mazmuni hamda o’quv masalalari
murakkablik darajasi o’quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos
kelishi, o’quv materialini o’zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan
ta‘sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test o’tkaziladigan
manbalar kiradi. Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar,
tarmoq operasion tizimlari, telekommunikasiya, boshqaruv vositalari (o’qitish jarayonini
individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o’lchami,
rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo’nalganlik, mustaqillik va
moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko’rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish,
differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik,
ishonchlilik.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do’stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran
shakllarini tashkil etish.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o’qitishga mo’ljallangan o’quv fanining
o’ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov
berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko’zda tutadi.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob
berishi kerak:
1.
Pedagogik dasturiy vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli
va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi.
2.
Pedagogik dasturiy vositalar o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida
ta‘minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning hisobga olinishi.
3.
Pedagogik dasturiy vositalarda ta‘lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich
o’zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash
imkoniyatlarining yaratilishi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o’quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini
hisobga olish. Pedagogik dasturiy vositalarni qo’llash asosida o’quvchilarning mustaqil ta‘lim
olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishda o’quvchilarning funksional va psixofiziologik
imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida
|
| |