|
Vyorstka 1 uzb 2019. indd
|
bet | 5/6 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 35,3 Kb. | | #119264 |
Bog'liq Xoliqov Dars ishlanma Amaliy mashg‘ulot
«Professiogramma» va «Kasb tanlash varaqasi»ni to‘ldirish
O‘z kasbingiz uchun «Professiogramma» jadvalini to‘ldirishda tibbiyot hamshirasi kasbi uchun tuzilgan quyidagi jadvalga qarash tavsiya etiladi.
Tibbiyot hamshirasi kasbi
Kasb haqi- da umumiy ma’lumot
|
Bemorlarning sog‘lig‘i ahvolini kuzatib boradi; shifokorning topshirig‘i asosida bemorlarga muolajalarni o‘tkazadi va tibbiy xaritaga qayd qila- di; bo‘limdagi sanitar-gigiyenik holatni nazorat qiladi; tibbiy preparatlar hisobi va saqlanishini nazorat qiladi; zarur hollarda tibbiy tez yordam ko‘rsatadi.
|
Kasb turi
|
Odam – odam.
|
Bilim, ko‘nikma, malaka
|
Kimyo, biologiya, fizika, odam anatomiyasi fanlarini, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etishni, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni, kuchli ta’sir qiluvchi zaharli va narkotik moddalarni, tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlarni qabul qilish va ro‘yxatdan chiqarish tartibini, sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish va targ‘ib etish usullarini bilish.
|
Shaxsiy sifatlar
|
Xushmuomalalik, jismoniy chidamlilik, ozodalik, puxtalik, uzoq ishlay olish, javobgarlilik, diqqatni jamlay olish, tartiblilik.
|
Ishlash sharoiti
|
Xona sharoitida, doimiy ijtimoiy muloqotda; sabr-toqat, diqqat va kuch- li xotira talab etadigan ish; ish tartibi – kunlik yoki navbatchilik; yakka (ish hajmiga qarab) tartibdagi ish sharoiti.
|
Tibbiy monelik (cheklovlar)
|
Rangni ajrata olmaslik, hid sezmaslik, ko‘rishning pastligi, xotiraning pastligi, bo‘g‘in, asab va ruhiy, umurtqa pog‘onasi kasalliklari.
|
Ishlashi mum- kin bo‘lgan joylar
|
Maktabni muvaffaqiyatli bitirgan barcha kichik mutaxassislar istalgan turdagi tibbiyot muassasalarida tibbiyot hamshirasi sifatida faoliyat olib borishlari mumkin.
|
|
| |