|
Darsni texnologik xaritasi
|
bet | 2/6 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 35,3 Kb. | | #119264 |
Bog'liq Xoliqov Dars ishlanmaDarsni texnologik xaritasi:
|
Dars bosqichlari
|
Dars bosqichlariga kerakli jihozlar
| 1 |
Kirish
|
Mel, doska artgich, elektron doska, kompyuter, dars mavzusidagi slayd
| 2 |
Joriy nazorat
|
stol, stul, electron doska, electron resursla, turli xil elementlar, internet manbalar, embelemalar.
| 3 |
Darsni yakunlash
|
O’qituvchini baholash qurilmasi (daftari yoki telfoni)
|
Darsni ta’lim texnologiyasi:
|
Dars bosqichlari
|
Dars bosqichlariga ajratilgan vaqt
| 1 |
Kirish
|
25 minut
| 2 |
Joriy nazorat
|
55 minut
| 3 |
Darsni yakunlash
|
10 minut
|
Yangi mavzu bayoni:
KASB TANLASHGA YO‘LLASH TEXNOLOGIYASI
Reja:
1 Professiogramma nima.
2 Kasb psixogrammasi bu nima. 3 Muhim kasbiy sifatlar qanday boladi. 4 Xulosa.
Kasb professiogrammasi
Professiogramma – bu insonning psixologik xususiyatlariga tayangan qisqa kasbiy tavsifi. Misol uchun, mijozlar bilan ishlaydigan mutaxassisning harakatlari pala-partish va tartibsiz bo‘lsa, u mijozlar bilan ishlay olmaydi. Tez fikrlay olish qobiliyatiga ega bo‘lmagan insonni haydovchilikka ishga olishmaydi.
Quyida kompyuter tizimlari bo‘yicha texnik va agronom kasblari uchun tuzilgan professiogrammalar keltirilgan.
Kompyuter tizimlari bo‘yicha texnik kasbi
Kasb haqida umumiy ma’lumot: tarmoqli tizimni tashkil etish va unga servis xizmati ko‘rsatish; operatsion tizim va dasturiy ta’minot ishini nazo- rat qilib borish; dasturiy ta’minotni o‘rnatish va sozlash; tarmoqning ishchi holatini ta’minlash; tarmoqdan foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatish; asbob- uskunalarni o‘rnatish va ta’mirlash.
Kasb turi: odam – belgi tizimi.
Bilim, ko‘nikma, malaka: matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, iqtisodiy bilim asoslari fanini, texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va ularga rioya etish; barcha turdagi dasturiy tizim haqida tushunchaga ega bo‘lish; dasturiy tizimni yig‘ish; dasturiy tizimni o‘rnatish va sozlash; texnik xizmat ko‘rsatish va profilaktika ishlarini olib borish; tarmoqning ishla- shini nazorat qilish; tarmoq tizimlari faoliyatini (zarur hollarda) qayta tiklash. Muhim kasbiy sifatlar: mantiqiy fikrlash; yuqori rivojlangan diqqat- e’tibor; mas’uliyat; tez qaror qabul qilish qobiliyati; yaxshi va tezkor xotira; matematik qobiliyat; qo‘l barmoqlari motorikasining rivojlanganligi; tasav- vurning rivojlanganligi; diqqatning tez ko‘chishi; yuqori darajada rivojlangan
texnik qobiliyat.
Shaxsiy fazilatlar: diqqatni jamlay olish; tizimli ish bajara olish; jismo- niy chidamlilik; tartiblilik; uzoq o‘tirib ishlay olish; javobgarlilik; puxtalik; xushmuomalalik.
|
| |