|
Tibbiy monelik (cheklovlar)
|
bet | 4/6 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 35,3 Kb. | | #119264 |
Bog'liq Xoliqov Dars ishlanmaTibbiy monelik (cheklovlar): rangni ajrata olmaslik, xotiraning pastligi, bo‘g‘in, asab va ruhiy, allergik, umurtqa pog‘onasi, harakat tizimi kasalliklari.Ishlashi mumkin bo‘lgan joylar: maktabni muvaffaqiyatli bitirganlar qishloq xo‘jaligi sohasida, laboratoriyalarda va fermer xo‘jaliklarida agronom yordamchisi va agronom sifatida faoliyat olib borishlari mumkin.
Kasb psixogrammasi
Professiogrammaning zarur tarkibiy qismi psixogramma bo‘lib, u kas- biy faoliyatning psixologik tavsiyalari, har bir ishchining psixofiziologik va shaxsiy sifatlari ko‘rsatkichlarini aks ettiradi. «Psixogramma» atamasi ne- mis psixologi B. Shtern tomonidan tavsiya etilgan. U ma’lum bir shaxsning psixologik portreti metodikasini tuzgan. XX asr boshlarida psixogramma shaxs kasbining zarur sifatlari yig‘indisi deb ko‘rilgan. Shular asosida ish jarayonida harakatlangan psixologik funksiyalar andozasi tuzilgan. Bun- day andozalar psixognostik usullar yordamida kasbiy faoliyat asosi bo‘lib xizmat qilgan (ishdagi muvaffaqiyat birinchi galda psixologik funksiyalar darajasi bilan belgilanadi). Rus olimi S.G. Gellershteyn namuna sifatida 1920-yillarda kasbiy tanlov uchun tuzilgan psixogrammalarni keltirgan. U kasbiy tavsiyaning noaniqligini psixologik tahlil usulida takomillashtirishni tavsiya etgan.
Hozirgi kunda manbalarda psixogrammaning turli talqinlarini uchratamiz:
aniq kasbning professiogramma qismi shaxsga qo‘yilgan talab, psixo- logik qobiliyatlarning ro‘yxati;
mutaxassisga qo‘yilgan psixofiziologik va psixologik sifatlar, kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun qo‘yilgan talablar;
odamning psixologik sifatlarini yoritish, ularning kasbiy faoliyati, ta- lablarga mos yoki mos emasligi;
odamning psixologik faoliyatini tajribaga asoslangan psixologik test- lar yordamida tadqiq qilish, turli shaxslarda ularning tadqiqot natijalarini taqqoslash;
shaxsning psixologik tavsiyasi va uning qaysidir faoliyatga kerakligi;
shaxsning kasbiy faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi, yashirin imkoniyatini aniqlash.
Psixogrammaning mazmuni va hajmi kasbni egallash maqsadidan kelib chiqib, kasb tanlash, kasbiy tayyorgarlik, mehnat va dam olishni tashkil etish shular jumlasidandir. Psixogrammada aks ettirilgan mutaxassis faoliyatiga berilgan tavsiyalarga quyidagilar kiradi:
kasb va mehnat haqidagi psixologik bilim; shaxsga va boshqa odamlarga ta’sir etadigan psixologik harakatlar, ko‘nikmalar, uslublar;
kasbiy qobiliyat, professional o‘sish uchun ochiq tayyorgarlik;
professional fikrlash, shu jumladan, ijodiy fikrlash, kasbiy tajribani boyitib borish;
kasbiy o‘sishda rejalarni amalga oshirish, kasbiy rivojlanish.
|
| |