• Ishlashi mumkin bo‘lgan joylar
  • Kasb turi
  • Muhim kasbiy sifatlar
  • Shaxsiy fazilatlar
  • Vyorstka 1 uzb 2019. indd




    Download 35,3 Kb.
    bet3/6
    Sana15.12.2023
    Hajmi35,3 Kb.
    #119264
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Xoliqov Dars ishlanma

    Ishlash sharoiti: xona sharoitida; cheklangan ijtimoiy muloqot; sabr- toqat, diqqat va kuchli xotira talab etadigan ish; ish tartibi – kunlik; yakka tartibdagi ish sharoitidagi faoliyat.
    Tibbiy monelik (cheklovlar): rangni ajrata olmaslik, ko‘rishning past- ligi, xotiraning pastligi, bo‘g‘in, asab va ruhiy, umurtqa pog‘onasi, harakat tizimi kasalliklari.
    Ishlashi mumkin bo‘lgan joylar: maktabni muvaffaqiyatli bitirgan bar- cha kichik mutaxassislar istalgan turdagi korxona, tashkilotlarda kompyuter muhandisligi texnigi (tarmoq administratori) sifatida faoliyat olib borishlari mumkin.

    Agronom kasbi


    Kasb haqida umumiy ma’lumot: hududning ekologik va geografik hola- tini o‘rganadi (hududning agromuhitiga mos qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun); qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradi; o‘simliklarni o‘g‘itlaydi va himoya qiladi; o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini kuzatib boradi; almashlab ekish talablariga amal qiladi.
    Kasb turi: odam – tabiat.
    Bilim, ko‘nikma, malaka: kimyo, biologiya, tabiat muhofazasi, mate- matika fanlarini; agrotexnik tadbirlarni, o‘simlikshunoslikni, bog‘dorchilik va sabzavotchilikni, melioratsiyani, agrokimyoni, urug‘chilikni, o‘simliklarni himoya qilishni; mehnat muhofazasi qoidalarini bilish.
    Muhim kasbiy sifatlar: diqqat va xotiraning rivojlanganligi, tashkilotchi- lik, umumiy biologiya va kimyoni, agrotexnik tadbirlarni, o‘simlikshunoslikni, bog‘dorchilik va sabzavotchilikni, melioratsiyani, agrokimyoni, urug‘chilikni, o‘simliklarni himoya qilishni bilish; noqulay sharoitda ishlay olish.
    Shaxsiy fazilatlar: tashabbuskorlik, tahliliy tafakkur, tezkorlik va jis- moniy chidamlilik, ruhiy barqarorlik, kuchli xotira, mas’uliyatlilik, kuzatuv- chanlik, o‘z ustida ishlash.
    Ishlash sharoiti: tashqi (dala) sharoitda; cheklanmagan ijtimoiy muloqot; sabr-toqat, diqqat va kuchli xotira talab etadigan ish.
    Ish tartibi: kunlik, yakka tartibdagi (ish hajmiga qarab) ish sharoitida, har qanday ob-havoda.

    Download 35,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 35,3 Kb.