• Standartnaya
  • 2.1- §. Sanoq sistemalari
  • Pusk/Programmi/Standartnie/Clujebnie programmi qism menysida Proverka diska (ScanDisk)




    Download 420 Kb.
    bet23/30
    Sana02.03.2022
    Hajmi420 Kb.
    #354
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
    Pusk/Programmi/Standartnie/Clujebnie programmi qism menysida Proverka diska (ScanDisk) bo`limi nomi sichqoncha bilan 2 marta bosilsa, ekranda dasturning muloqot oynasi hosil bo`ladi. Bu oynada tekshirilishi kerak bo`lgan disk nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan. Tekshirish ikki-Standart (Standartnaya) yoki to`laqonli (Polnaya) rejimda bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan keraklisi va xatoliklarni avtomatik to`g`rilash (Ispravlyat oshibki avtomaticheski) holati tanlanib Zapusk tugmasi bosiladi.
    Diskni Defragmentatsiya qilish (Defrag)
    Ma'lum vaqt o`tgandan so`ng ko`pchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning har xil bo`laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o`qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to`plash va ularni siqish jarayoni defragmentatsiya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o`qishni tezlashtirish imkonini beradi. Fayllarni defragmentatsiya qilish-Defragmentatsiya diska / Defrag dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatsiya oynasi ochiladiva defragmentatsiya jarayoni qanday kechayotgani protsentlarda ko`rsatilib turiladi.
    2.1- §. Sanoq sistemalari
    Odamlar o'rtasida muomala vositasi bo'lmish til kabi sonlarning o'z tili mavjud bo'lib, u ham o'z alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlami ifodalash uchun qo'llaniladigan belgilardan iboratdir. Masalan, kundalik hayotimizda qo'llaniladigan arab raqamlari 1, 2, . . ., 9, 0 yoki rim raqam-lari I, II, V, X, L, C, M, H, . . ., sonlar alifbosining elementlari hisobla-nadi. Turii davrlarda turii xalqlar, qabilalar raqamlar va sonlami ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar. Masalan, qadimgi Misrda raqam va son­lami ifodalashda quyidagi belgilardan foydalanilgan: Ma'lumki, harflardan iborat alifboni qo'llashda ma'lum qonun va qoidalarga amal qilinadi. Sonli alifbodagi belgilardan foydalanishda ham o'ziga xos qoidalardan foydalaniladi. Bu qoidalar turii alifbolar uchun turlicha bo'lib, mazkur alifboning kelib chiqish tarixi bilan bog'liq.
    Masalan, bir kundalik hayotimizda qo'llayotgan sonlar alifbosi o'nta arab raqamini o'z ichiga olgan bo'lib, uning kelib chiqishida va qo'llanilishida tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l barmoqlarimiz asosiy o'rin tutadi. O'z ichiga o'nta raqamni olganligi uchun ham bu alifbo o'zining barcha qoidalari bilan birgalikda o 'n raqamli sanoq sistemasi deb ataladi.
    Qadimda ba'zi xalqlar ishlatadigan sonlar alifbosi beshta (qadimgi Afrika qabilalarida), o'n ikkita (masalan, inglizlarning sonlar alifbosida), yigirmata (XVI—XVII asriarda Amerika qit'asida yashagan atstek, mayya qabilalarida; eramizdan awalgi II asrda G'arbiy Yevropada yashagan keltlarda; fransuzlarda), ba'zilari oltmishta (qadimgi vavilonliklarda) belgini o'z ichiga olgan. Ular mos ravishda besh raqamli (qisqacha beshlik) sanoq sistemasi, o’n ikki raqamli (qisqacha o ^n ikkilik) sanoq sistemasi, yigirmata raqamli (qisqacha yigirmalik) sanoq sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb nomlanadi.
    Soatning oltmishga, sutkaning o'n ikkiga karraliligi, bir yilning 12 oydan iboratligi, inglizlarda uzunlik o'lchov birligi bo'lmish 1 futning 12 dyuymga tengligi, fransuzlarning bir franki yigirma suga tengligi shu kabi sistemalarning qo'llanilishi natijasidir. Inson har bir sistemani ishlatganda ma'lum vositalardan ham foydalangan. Masalan, o'n ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita sifatida qo'l barmoqlaridagi bo'g'inlardan foydalanilgan.
    Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi deb yuritiladi. Sonlar alifbosiga kiritilgan belgilar raqamlar va ular yordamida hosil qilingan boshqa belgilar sonlar deb yuritiladi. Masalan, o'nlik sanoq sistemasida 5, 6, 8 — bu raqamlar, ammo 658 — bu son. O'nlik sanoq sistemasida birliklar, yuzliklar, mingliklar va boshqalar har bin o'ntadan belgilardan iborat guruhlarga bo'lingan. Boshqa asosli sanoq sistemalardagi belgilar shu sistema asosi nechaga teng bo'lsa, shuncha belgilardan iborat guruhlarga ajratiladi.
    Inson hayotida keng tarqalgan sanoq sistema — bu o'nlik sanoq sistemasidir.
    Bunda raqamlar o'zi turgan o'rniga ko'ra turiicha miqdomi anglatadi. Masalan: a) 9(to'qqiz) - birlik; 90(to'qson) - o'nlik; 900(to'qqiz yuz) - yuzlik.
    Biror arab raqamining chap yoki o'ng tomoniga boshqa arab raqamini yozsak, hosil bo'lgan sonda dastlabki raqamlar miqdori (va demakki mazmuni) o'zgaradi.
    Shu bois ham bu sistema raqamlari opoutsiyasi (tutgan o 'mi) ga bog’liq bo’lgan sistema deb ham yuritiladi.
    Demak, sanoq sistemalar shu xislatga ko'ra raqamlarining poytsiyasiga bog'liq bo'lgan va raqamlarining poutsiyasiga bog'liq bo'lmagan sanoq sistemalarga (qisqacha pouitsiyali va poutsiyali bo'lmagan sanoq sistemalarga) bo'linadi.
    Sonlarning bu kabi tasniflanishi ular ustida arifmetik amallar bajarish imkonini beradi.
    Shuning uchun ham, ajdodlarimiz raqamlar va sonlami aniq bir shaklar tizimiga keltirish masalasiga katta e'tibor qaratganlar. Yurtdoshimiz al-Xorazmiy arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining sondagi o'rniga bog'liq holda amallar bajarish tartibini yagona tizimga birlashtirdi. Xorazmiy hind raqamlari asosida o'nlik pozitsiyali sistemada sonlaming yozilishini batafsil bayon qilib, bunday yozilishdagi quiayliklar, ayniqsa, nolning ishlatilishi ahamiyatini va sonlaming martabalarini, ya'ni razryadlarini (sondagi o'rni) e'tiborga olish lozimligini ta'kidlaydi.

    Download 420 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




    Download 420 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pusk/Programmi/Standartnie/Clujebnie programmi qism menysida Proverka diska (ScanDisk)

    Download 420 Kb.