|
X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova
|
bet | 21/58 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #239775 |
Bog'liq X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. AlimovaNazorat savollari
1. Stabilitronlarda qanday elektr teshilish turlari qo‘llaniladi ?
2. Siz diodning qanday turlarini bilasiz ? Ularning shartli belgilarini keltiring.
3. Yarim o‘tkazgichli diod va tranzistorlarni belgilanish prinsipini tushuntiring.
4. To‘g‘rilovchi diodlarning ishlashini tushuntiring.
5. Varikap nima va u qaerlarda qo‘llaniladi ?
6. Elektr zanjirida stabilitronni qo‘llanishi qanday qilib chiqish kuchlanishini barqarorlaydi ?
7. To‘g‘rilovchi va tunnel diodlarining ajratib turuvchi xossalari nimada?
8. Optoelektron asbob nima va ular qaerlarda ishlatilishini tushuntiring.
9. Fotodiod ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikasini tushuntiring.
10. Yorug‘lik diodi ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikasini tushuntiring.
IV BOB. BIPOLYaR TRANZISTORLAR
════════════════════════════════════════════
4.1. Umumiy ma’lumotlar
Bipolyar tranzistor deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita r-n o‘tish va uchta elektrod (tashqi chiqishlar)ga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich asbobga aytiladi. Tranzistordan tok oqib o‘tishi ikki turdagi zaryad tashuvchilar - elektron va kovaklarning harakatiga asoslangan.
Bipolyar tranzistor r-n-r va n-r-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan uchta yarim o‘tkazgichdan tashkil topgan (4.1 a va b-rasm). Endilikda keng tarqalgan n-r-n tuzilmali bipolyar tranzistorni ko‘rib chiqamiz.
Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (n+ - soha) emitter deb ataladi va u zaryad tashuvchilarni baza deb ataluvchi o‘rta sohaga (r - soha) injeksiyalaydi. Keyingi chekka soha (n - soha) kollektor deb ataladi. U emiitterga nisbatan kuchsizroq legirlangan bo‘lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan ekstraksiyalash uchun xizmat qiladi (4.2- rasm). Emitter va baza oralig‘idagi o‘tish emitter o‘tish, kollektor va baza oralig‘idagi o‘tish esa -kollektor o‘tish deb ataladi.
4.1 – rasm.
Tashqi kuchlanish manbalari (UEB, UKB) yordamida emitter o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa – teskari yo‘nalishda siljiydi. Bu holda tranzistor aktiv yoki normal rejimda ishlaydi va uning kuchaytirish xossalari namoyon bo‘ladi.
4.2 – rasm.
Agar emitter o‘tish teskari yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan bo‘lsa, u holda bu tranzistor invers yoki teskari ulangan deb ataladi. Tranzistor raqamli sxemalarda qo‘llanilganda u to‘yinish rejimida (ikkala o‘tish ham to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan), yoki berk rejimda (ikkala o‘tish teskari siljigan) ishlashi mumkin.
|
| |