X. M. Madaminov lazer




Download 12,95 Mb.
bet11/18
Sana25.01.2024
Hajmi12,95 Mb.
#145717
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Lazer fizikasi OQUV QOLLANMA

Savol va topshiriqlar



  1. Yarimo’tkazgich materiallarni lazerli kesish va qizdirishda yuz beradigan fizik jarayonlarning mohiyati nimadan iborat?

  2. Materialni gazli lazerlar bilan qirqishning afzalligi nimalarda namoyon bo’ladi?

  3. Mo’rt materiallarni lazerli termik qizdirish qanday amalga oshiriladi?

  4. Yarimo’tkazgich sirtini lazerli qayta toblash qanday maqsadda qo’llaniladi?

  5. Mikrolelektronikada keng qo’llash urfga aylanayotgan lazerli payvandlashni boshqa turdagi payvandlashdan ustunligi nimalarda namoyon bo’ladi?

  6. Keyingi yillarda keng qo’llanilayotgan lazerli qayta toblash usuli qanday maqsadlarda qo’llanilmoqda?

  7. Yarimo’tkazgich sirtini shisha bilan qoplahning lazerli usuli qanday amalga oshiriladi?

  8. Yarimo’tkazgichlarga ishlov berishda eng ko’p ishlatiladigan lazerlarning turi, ishchi moddasi, nurlanishining to’lqin uzunligi, rejimi, quvvati kabi kattaliklar haqida ma’lumot tayyorlang.

  9. O’quv qo’llanmada keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib, lazer bilan samarali ishlov beriladigan yarimo’tkazgichlar texnologiyasi sohalarining so’nggi yutuqlarini yorituvchi referat tayyorlang.

  10. Plazmani lazerli siqish deganda nimani tushunasiz?

  11. Termoyadro sintezini lazerlar yordamida amalga oshirishga xizmat qiluvchi qanday qurilmalarni bilasiz?

  12. Gologramma nima va u qanday hosil qilinadi?

  13. Golografiya asoslari dastlab qaysi olimlar tomonidan bayon etilgan?

  14. Lazerlarning tibbiyotda qo’llanilishiga doir referat tayyorlang.

  15. Lazerlarni atrof-muhit musaffoligin saqlashda qanday ahamiyati bor?

  16. Katta integral sxemalar olishda lazerlarni qo’llashning qanday ahamiyati bor?

  17. “TOKAMAK” qurilmasining umumiy sxemasiga asoslanib, u haqda taqdimot tayyorlang.

  18. Nochiziqli optika sohasida qanday muammolar mavjud?

  19. Ikkinchi garmonika termini nimani bildiradi?

  20. O’zbek akademigi P.Q.Habibullayevning ilmiy ijodiy merosiga bag’ishlangan referat tayyorlang.

  21. O’zbekiston Milliy Universiteti olimlari va ularning lazer fizikasi sohasida olib borayotgan qanday ishlarini bilasiz?



Xotima

Monoxromatik yorug’lik dastasini olish ehtimolligi lazerni aloqa masalalarini yechishda, metereologiya va tibbiyotda almashtirib bo’lmaydigan nurlanish manbaiga aylantirdi. Lazer nurining yuqori jadalligi va monoxromatikligi gazli muhitlar va moddalarga ta’sir o’tkazish imkonini beradi. Bu esa lazerlardan izotoplarni bo’lish, ximiyaviy reaksiyalarni o’tkazish va har xil biologik ob’yektlarga maqsadli ta’sir o’tkazish imkonini yaratdi. Energiya oqimi zichligi va quvvatning yuqori darajadaligi termik texnologik jarayonlarda lazer nurini yuksak darajada takomillashgan qurilmaga aylantirdi.
Shunday qilib, lazerlar hayotimizning keng jabhalariga shiddat bilan kirib keldi. Ular texnologiyada, tibbiyotda, metrologiyada, ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashda, fizik, kimyoviy va biologik tadqiqotlarda, harbiy sohada bizning imkoniyatlarimizni aql bovar qilmas darajada kengaytirib yubordi. Lazer fizikasi va texnikasi sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar sur’atining keskin o’sishi lazerlarning qo’llanilish sohalarini kengaytirishga imkon beruvchi, xarakteristikalari nisbatan yahshilangan turlarini yaratishga olib keldi.
Shunga qaramasdan, lazer fizikasining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi ularning istiqbolini, hatto qisqa davr uchun ham bashorat qilish katta ehtiyotkorlikni talab etadi. Yana shuni aytish mumkin-ki, yaqin o’n yillar ichida ushbu soha fani va amaliyotining keskin o’zgarishlariga guvoh bo’lishimiz shaksiz. Shularni e’tiborga olib, o’quv qo’llanmaning xotimasida ayrim mulohazalarni keltirib o’tishni o’rinli deb hisoblaymiz:
1. Moddalarni lazerlar yordamida
a) qayta ishlash jarayoni va qayta ishlanuvchi materiallarning turli–tumanligi;
b) qayta ishlash jarayonining yuksak tezlik bilan bajarilishi;
d) hamma jarayonlarni to’la avtomatlashtirish va shuning bilan ishlab chiqarish unumdorligini oshirish;
e) qayta ishlashning yuqori sifatliligi;
f) ta’sirning tanlanganligi, ya’ni bir bo’lim qayta ishlanayotganda ikkinchisiga ta’sir etmasligi;
g) materiallarni masofadan turib qayta ishlash mumkinligi kabi afzalliklar mavjud ekan;
2. Lazerlar eng murakkab muammolardan biri - integral sxemalar tayyorlash, fotoandozalarni tez va aniq tayyorlash masalasini hal qilish imkonini beradi. Bu asosan optik frezerlash va fotolitografik usullarda qo’llaniladi;
3. Lazer texnikasi va lazer fizikasining rivojiga o‘zbek olimlaridan akademik P.Q.Habibullaevning shogirdlari bilan qo‘shgan hissasi ham salmoqlidir. O‘zbekiston FA sobiq Issiqlik fizikasi instituti olimlarining Moskva davlat universiteti Fizika institutlari olimlari bilan hamkorlikdagi tadqiqotlari shular jumlasidandir;
Lazer texnologiyasini fan va texnikada qo’llashning sanab o’tilgan, lekin uncha to’liq keltirilmagan afzalliklari shulardan iborat.
Xulosa so’ngida, akademik N.G.Basovning quyidagi go’zlarini keltirib o’tishni o’rinli deb hisoblaymiz: “Hozirgi paytda, lazer texnologiyasi butun dunyo bo’yicha yangi sifatli sakrash arafasida turibdi. Lazer texnologiyasi boshqa sanoat texnologiyasidan ikki sifati bilan ustun turadi. Birinchidan, odatdan tashqari ko’p qirrali bo’lib, “materiallarni qayta ishlash jarayoni turlicha. Ikkinchidan, ular nihoyatda istiqbolli”.
Lazer texnologiyasi bilan ta’minlanishning iqtisodiy tomondan ham afzalligi uni ishlab chiqarish va sanoatda tobora keng qo’llanilishiga sabab bo’lmoqda.
Lazer fizikasi va mikroelektronikaning, umuman, fan va texnikaning kelajak istiqbollari haqida fikr yuritar ekanmiz, bu sohaning yutuqlarida eng asosiy harakatlantiruvchi va ijrochi kuch - bu inson omili ekanligi haqiqat. Shuning uchun, ushbu o’quv qo’llanma bu jarayonlar asosiy ishtirokchilari – yetuk mutaxassislar va yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib xizmat qiladi deb umid qilamiz.

Download 12,95 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Download 12,95 Mb.