Robotining modul qurish prinsipi




Download 2,23 Mb.
bet10/123
Sana22.01.2024
Hajmi2,23 Mb.
#143444
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123
Bog'liq
X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

Robotining modul qurish prinsipi


Hozirgi vaqtda agregat – modul tipidagi sanoat robotlarini qurish tendensiyasi keng qo‘llanilmoqda, bunda robotlar bir nechta mustaqil unifikatsiya qilingan modullar asosida quriladi.


Modul qurish prinsipini sanoat robotining hamma funksional tashkil etuvchilari manipulyatorga, boshqarish qurilmasiga, harkatlanish qurilmasiga tatbiq etish mumkin.
Sanoat robotlarini an’anaviy qurishga qaraganda agregat – modul qurish prinsipi quyidagi afzalliklarga ega:

  • robotlarning tajribada va seriyada chiqariladigan nusxalarini loyihalash va yasash muddatlari qisqaradi;

  • robotlarning texnik xarakteristikalari yaxshilanadi, ishonchliligi oshadi;

  • robotlarni eksplutatsiya qilishga va ta’mirlashga sarflanadigan xarajatlar kamayadi.

Agregat – modul sanoat robotining harakatlanish darajalari soni, kinematik strukturasi turli konstruktiv modullarni bir - biriga ulash asosida hosil qilinadi.
har bir konstruktiv modul alohida mustaqil yoki boshqa modullar bilan birga turli kombinatsiyalarda ishlatilishi mumkin.
Konstruktiv modul bir necha mexanizmlardan va yuritmalardan, hamda energetik va informatsion kommunikatsiyalardan tashkil topadi, bir yoki bir necha harakatlanish darajalarini olishni ta’minlashi mumkin.
Turli kinematik strukturali va harakatlanish darajasidagi agregat – modul tipidagi sanoat robotlarini konstruktiv modullar to‘plami asosida, konkret texnologik talablarni hisobga olgan holda oson yaratish mumkin.
Agregat – modul qurish prinsipi maxsuslashgan sanoat robotlari qurishga imkon beradi, bu robotlar esa konkret texnologik masalani to‘liq yechadilar va ortiqcha funksiyalarga ega emaslar, shuning uchun ularning qiymati arzon bo‘ladi. Agregat – modul sanoat robotlarining qismlari avval yaratilgan qismlardan tanlanadi, bu esa loyihalash xarajatlarini kamaytiradi.
Sanoat robotlarini agregat – modul qurish prinsipining struktura sxemasi 1.6– rasmda keltirilgan.
Agregat – modul prinsipida qurilgan sanoat robotlariga “Pirin” (Bolgariya); “Senior”, “Yunior” (Shvesiya); “RPM – 25”, “GNOM”, “LM 40” (Rossiya) robotlari misol bo‘la oladi.
“RPM – 25” agregat – modul roboti tarkibiga quyidagi modullar kiradi: statsionar va qo‘zg‘almas asos, siljish, ko‘tarish, radial yurish va boshqa modullar kiradi. Bu modullarni kombinatsiya qilib 95 ta modifikatsiyadagi sanoat robotlarini olish mumkin [18-23].
Modul konstruksiyali robotga “GNOM” robotini misol qilib keltirish mumkin. Bu robot 10 ta modullardan tashkil topgan, ular turli chiziqli, burchak harakatlarini qiladi va yig‘uv, yordamchi operatsiyalarni bajaradi, detallarni va ishchi asboblarni manipulyatsiya qilishda ishlatiladi. Uchta qisqich moduli (elektromagnit, vakuum va mexanik) va modul prinsipida qurilgan elektron boshqaruv sistemasiga ega.
Modul prinsipining qo‘llanilishi “GNOM” robotining 350 ga yaqin modifikatsiyalarini komponovka qilish imkoniyatini beradi va bu sanoat robotlari turli harakat darajalari soniga, yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega, ular yuqori unumdorlik va ishlab chiqarish jarayonlarining moslashuvchanligini amalga
oshirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning murakkab masalalarini yechish uchun asosiy omillarni hosil qiladi. Sanoat roboti manipulyatorining unifikatsiyalangan modullari 1.7 – rasmda keltirilgan:



    1. rasm. Sanoat robotlarini agregat - modul qurishning struktura


Download 2,23 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123




Download 2,23 Mb.