• Elektr yoyi bilan payvandlash
  • Bo‘yash
  • Nuqtali kontakt payvandlash




    Download 2,23 Mb.
    bet12/123
    Sana22.01.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #143444
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
    Bog'liq
    X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

    Nuqtali kontakt payvandlash


    Nuqtaili payvandlashni avtomatlashtirishda, robotlar keng qo‘llaniladigan soha hisoblanadi.
    Bunga robotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:

    • robotlarning to‘xtash aniqligi mm bo‘lishi kerak;

    • robotlar obyektlarni manipulyatsiya qila oishi lozim.

    Odatda, bu operatsiyalarni bajarishda elektrik va gidravlik yuritmali robotlar ishlatiladi.
    Nuqtali payvandlash jarayoni xavfli va anchagina yoqimsiz, shovqinli hisoblanadi. Shuning uchun bunda, robotlarni payvandlashni avtomatlashtirish uchun qo‘llash, insonlarni og‘ir mehnatdan ozod qiladi, payvandlash tezligini oshirish va uning sifatini oshirish imkonini beradi.

    Elektr yoyi bilan payvandlash




    Bu payvandlash jarayoni inson sog‘lig‘i uchun nihoyatda zararli hisoblanadi va uni robotlar yordamida avtomatlashtirish, payvandlash sifati va tezligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Odatda, besh harakat darajasiga ega bo‘lgan, elektr yuritmali va kontur boshqarishli robotlar ishlatiladi. Talab qilinadigan aniqlik
    mm bo‘lishi kerak, robot murakkab trayektoriyalar bo‘yicha harakat qila olishi lozim. Uni programmalash va boshqarish sodda bo‘lishi lozim.

    Bo‘yash


    Robotlarni avtomobilning turli qismlarini bo‘yash uchun ishlatilishi, hozirgi vaqtda keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
    Bu sohada ishlatiladigan robotlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    1. manipulyator 6-7 ta harakat darajasiga ega bo‘lishi kerak.

    2. gidro va pnevma yuritma qo‘llash, xavfsizlik bo‘yicha maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    3. robotning to‘xtash aniqligi mm bo‘lishi lozim.

    4. robotning gabarit o‘lchamlari kichik bo‘lishi kerak.

    5. avtonom raqamli programmali boshqarish imkoniyati

    6. mavjudligini amalga oshirish zarur.

    1.9-rasmda avtomobil kuzovining ichki qismini bo‘yashga ishlatiladigan, robotlashtirilgan uskuna keltirilgan [9].
    Kelajakda avtomobilsozlikda robotlar va robototexnikaning keng qo‘llanilishi ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishning imkonini beradi. Ayniqsa, tashqi muhitga moslasha oladigan, keng funksional imkoniyatlarga ega adaptiv va intellektual robotlar, ularning yangi avlodlarini asosiy va yordamchi texnologik oprasiyalarni avtomatik bajarishda qo‘llash, ishlab chqarishning rivojlanishini ta’minlaydi.



    Download 2,23 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




    Download 2,23 Mb.