|
Robotlarining texnik xarakteristikalari
|
bet | 9/123 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 2,23 Mb. | | #143444 |
Bog'liq X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar
Sanoat robotlarining texnik xarakteristikalari quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
soni;
nominal yuk ko‘tarish qobiliyati (kg);
ko‘rsatilgan koordinatada o‘rin olish xatoligi (mm);
ishchi zonaning o‘lchamlari va shakli;
maksimal siljish (mm; grad);
siljish vaqti (s);
maksimal tezlik (m/s; grad/s);
maksimal tezlanish (m/c2; grad/s2);
to‘g‘ri va teskari siljishlar uchun programmalashtiriladigan nuqtalar
qisqich qurilmasi ko‘rsatkichlari: qisish kuchi (N); qisish vaqti (s);
boshqarish qurilmasining ko‘rsatkichlari: bir vaqtning o‘zida
boshqariladigan harakatlar soni; tashqi jihozlar bilan aloqa kanallari soni (kirishda va chiqishda);
suyuqlik (havo) bosimi (MPa) va sarfi (m3/s);
elektr manba kuchlanishi (V);
quvvat (Vt);
ishonchlilik ko‘rsatkichlari: biror qismi ishlamay qolishi (soat);
kapital ta’mirlash bo‘lguncha xizmat qilish muddati (yil);
massa (kg);
o‘lchamlari (uzunligi, kengligi, balandligi) (mm).
Sanoat robotining yuk ko‘tarish qobiliyati deyilganda manipulyatsiya qilinayotgan ob’ektning eng katta massasi tushuniladi.
Sanoat robotining harakatlanish darajasi soni, bu kinematik zanjir zvenolarining qo‘zg‘almas deb qabul qilingan zvenoga nisbatan erkinlik darajalari sonidir.
Robot ishchi organining to‘xtash xatoligi deganda, ishchi organning boshqarish programmasida ko‘rsatilgan holatdan chetga chiqishi tushuniladi.
Sanoat robotining asosiy texnik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda standartlash, unifikatsiyalash, yasash texnologiyasi, ergonomik ko‘rsatkichlar ham ko‘rsatilishi mumkin [7, 8].
|
| |