|
- rasm. PEGS turidagi gidravlik yuritma
|
bet | 87/123 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 2,23 Mb. | | #143444 |
Bog'liq X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar - rasm. PEGS turidagi gidravlik yuritma.
Gidroyuritmaning texnik xarakteristikalari model turiga qarab har xil bo‘ladi. Gidroyuritma 1 m/s tezlikda ilgarilama harakat qiladi, sanoat roboti manipulyatorining ijro organlarining pozitsiyalanish xatoligi 0.6 mm.
Ishchi suyuqlikning (mineral moy) qovushqoqligi 40 mm2/s.
Sanoat robotlarining gidrosistemasi gidrosig‘im, nasos, gidroyuritma va elektrogidravlik boshqariluvchi avtomatika elementlaridan tashkil topadi. Gidrosistemani sozlashdan avval gidroyuritmani birinchi ishga tushirishga tayyorlash zarur, buning uchun gidrobaklarning ichki satxlari kerosin bilan yuvilib, keyin artiladi. Undan keyin filtrlarni holati tekshiriladi. Agar filtrlarning to‘rlari shikastlangan bo‘lsa, yangisi bilan almashtiriladi. Oldindan filtrlangan mineral moy sistemaning gidrobakiga quyiladi.
Sinash uchun ishga tushirishda gidroyuritma oldidagi zonani begona predmetlardan ozod qilinadi va boltlar, gaykalar tortiladi, hamda gidroyuritma ishga tushirilganda u bilan bog‘liq hamma mexanizmlar o‘z o‘zidan siljib ketmasligi uchun ular blokirovka qilinadi. Undan keyin markazlashgan moylash sistemasi sozlanadi. Elektrodvigatellar va nasoslar vallarining aylanish yo‘nalishi tekshirilgandan keyin, truboprovodlar moy bilan to‘ldiriladi va nasos qisqa vaqt ulanadi. Yo‘naltiruvchi taqsimlagichlar va taqsimlovchi gidropanellar qo‘l yordamida ulanadi.
12.2 - jadvalda gidroyuritmalarning nosozliklari va ularni yo‘qotish usullari keltirilgan
12.2 - jadval
Nosozlik turi
|
Sababi
|
Yo‘qotish usuli
|
Ijro mexanizmining
|
Gidromagistralda havo
|
Gidrobakda moy sathini
|
notekis harakati
|
borligi, gidrobakda
|
tekshirib ko‘rish va tashqi
|
|
moyning sathi yetarli
|
truboprovod zichlanishini,
|
|
emas
|
germetikligini tekshirish.
|
|
Ijro mexanizmlar
|
Yo‘naltiruvchilarning bir
|
|
yo‘naltiruvchilarning
|
tekisda moylashni
|
|
yetarli moylanmanligi
|
ta’minlash.
|
|
|
Yo‘naltiruvchilarning
|
|
|
ustini shlifovka qilish.
|
12.2 – jadval davomi
|
Yo‘naltiruvchilardagi oraliqni rostlovchi ponalarni tortib qo‘yish kuchining oshirib yuborilgani
|
Ponalar holatini rostlab, bir tekis oraliqni ta’minlash
|
Gidrosilindr shtogining yo‘naltiruvchiga nisbatan notekis bo‘lib qolishi
|
Ijro mexanizmi yo‘naltiruvchilariga silindrni parallel qilib
qo‘yish.
|
Magitraldagi bosim ishchi bosimga mos emas
|
Gidronasos moyni bir tekisda bermasligi
|
Porshenli nasoslarda porshen – gilza bog‘lanishidagi oraliqning bir tekisligini tekshirish.
|
Saqlovchi klapan noto‘g‘ri rostlanganligi
|
Saqlovchi klapanni rostlash, bosimni yuqori chegarasigacha oshirish
|
Nasos chiqishidagi val bo‘yicha moyning chiqishi
|
Nasos validagi uplotneniyani almashtirish
|
Moyning qovushqoqligining oshishi
|
Moyni almashtirish, truboprovodlarni tozalash
|
Gidrobakdagi moy sathining yetarli emasligi
|
Moy sathini normal qiymatga yetkazish
|
Gidrosilindrda ichki moy chiqishi, hamda truboprovodlardagi moy chiqishlari
|
Porshen manjetlarini almashtirish. Porshen – silindr oralig‘i qiymatini tekshirish. Ulovchi shtuserlar, flaneslar germetikligini tekshirish.
|
Filtrlarning ifloslanishi
|
Filtrni yuvish
|
Gidrosistema ishlaganda shovqinning kuchayganligi va
truboprovodlar ning vibratsiyasi
|
Magistralda havoning so‘rilishi
|
Gidrobakdagi moy sathini tekshirish, sistemaning germetikligini ta’minlash.
|
Nasos va elektrodvigatel o‘qlarining mos kelmasligi
|
Elektrodvigatel va nasos tayanchlarini rostlab, elektrodvigatel va nasos o‘qlarining mos kelishini
ta’minlash
|
12.2 – jadval davomi
|
Saqlagich klapan zolotnigining vibratsiyasi
|
Klapan prujinasini rostlash, klapan zolotnigining lyuftini yo‘qotish
|
Magistraldagi bosimning oshib ketishi
|
Ijro mexanizmi yo‘naltiruvchilari plankalarining yoki ponalarining haddan tashqari tortilgani
|
Yo‘naltiruvchilar ponalarining yoki plankalarining tortish kuchini kamaytirish.
|
Gidrosistemada moyning qizib ketishi
|
Gidrostansiyaning havo ventil lari aylanmayapti
|
Ventilatorning manbasini va yuritmasini tekshirish
kerak.
|
Truboprovod to‘la borgan sari nasos havoni tortib olmasligi uchun gidrobakga moyni davriy ravishda quyib turishi kerak.
Robotlarning gidravlik apparaturasi va gidrosilindrga texnik xizmat ko‘rsatishda ularni muntazam tekshirib turish kerak, tashqi qismlaridan moy chiqmayotganiga e’tibor berish zarur, ishdan chiqqan qismlarni almashtirish kerak bo‘ladi.
|
| |