Bayroqchalar va uzgich-ulagich (переключатель)lar yordamida har
bir o'qning tashqi ko‘rinishini osonlik bilan o‘zgartirish mumkin. Bu
amalni bajaruvchi opsiyalar va ularning amallari:
. Logarifmik masshtab
- ushbu o‘q bo'yicha grafik logarifmik
masshtabda chiziladi; agar ma’lumotlar bir necha tartibda farqlansa, bu
amal foydali bo‘ladi;
. Setka chiziqlari
- setka chiziqlarini ko‘rsatish (setka misoli 8.29-
rasmda);
i : = O.. 100(
8.29-rasm. Dekart va qutbiy grafiklarda setka chiziqlari, o'qlar turi -
. Numerlash
- shkala numeratsiyasini ko‘rsatish; agar bu bayroqcha
olib tashlansa, shkalani belgilaydigan raqamlar yo‘qolib ketadi;
• Avtomatik masshtab
- MathCAD protsessori o‘q diapazonini
avtomatik ravishda tanlaydi;
• Markerlarni ko‘rsatish
- o'qlarda qiymatlarni ajratib ko‘rsatish
(выделение) (quyida "Markerlar" bo'limiga qarang);
• Avtomatik shkala
- shkalani bo‘lish MathCAD protsessori
tomonidan avtomatik tarzda bajariladi; agar bu bayroq o‘chirilgan bo'lsa,
kiritish maydonida uning yonida shkalada beriladigan belgilar sonini
ko'rsatish lozim;
.
Bir xil masshtab - jc va
у o ‘qlari majburan bir xil masshtabda
chiziladi;