6 6 7
7
8 s 9 9 10 10 20
11 30 12 40 13 50 14 60 15 70 8.32-rasm.
Logpts funksiya dekadalar bo‘yicha tekis joylashgan nuqtalar
vektorini chiqaradi
Bu funksiyalar va ular argumentlarining bayoni:
• logspace (min,max,N) - (min,max)
intervalida (logarifmik
masshtabda) tekis joylashgan raqamlardan tuzilgan vektorni qaytaradi:
-min, max - interval chegaralari;
-N - generatsiya qilinayotgan nuqtalar miqdori;
• logpts (min, dec, N) - lOmin dan boshlab har bir logarifmik dekada
chegarasida, ya’ni 0.1-10, 10-100 va sh.k. intervallarda, chiziqli-tekis
joylashgan raqamlardan tuzilgan vektorni qaytaradi:
-min - interval boshlang‘ich chegarasining ko‘rsatkichi;
-dec - seriyalar (dekadalar) soni;
-N - har bir seriya (dekada) chegarasida generatsiya
qilinayotgan nuqtalar miqdori.
M a’lumotlar qatorlari M a ’lumotlar qatorini taqdim etuvchi egri chiziqlarni qurish stilini
formatlash uchun Tanlangan grafikni formatlashdialog darchasining
Egri chiziqlar qistirmasiga o'tish lozim. Bu qistirmada egrilik turi
(nuqtalar va/yoki chiziqlar)ni, nuqtalar markerlari shakli va o‘lchamini,
chiziqlar turi va qalinligini tanlash hamda har bir egri chiziqning rangini
tanlash mumkin (8.33-rasm).
155
8.33-rasm. Grafikda egri chiziqlarni formatlash
Markerlar Marker bilan koordinata o'qlarida ba’zi qiymatlaming belgilari
belgilanadi.
Marker - bu raqam yoki o'zgaruvchi bilan ta’minlangan o‘qqa
perpendikulyar bo'lgan chiziqdir.
1. Grafikda ikki marta sichqonni shiqillating.
2. Tanlangan grafikni formatlash dialogining X-Y o ‘qlari qistirmasida Markerlarni ko‘rsating bayroqchasini o'mating (8.28-
rasmga qarang).
3. OK knopkasini bosing.
4. Paydo bo'lgan o'rinto'ldirgichga raqam yoki qiymatini o'qda
marker bilan Siz aks ettirmoqchi bo'lgan o'zgaruvchining nomini kiriting
(8.34-rasm, chap tarafda).
5. Markerdan tashqarida sichqonni shiqillating.
8.34-rasm. Markerlarni yaratish (chapda) va tayyor markerlar (o'ngda)
156
Tayyor markerlar 8.34-rasmda o‘ngda ko'rsatilgan. Har bir o'qda
ikkitadan marker o'matishga ruxsat beriladi. Agar ulardan faqat bittasi
aniqlangan bo'lsa, ikkinchisi ko'rinmaydi.