5.3.6. Shtrixlash
Shtrixlash deb berk ko‘pburchakli qandaydir shablon bilan
to‘ldirishga aytiladi, Shtrixlash mashinasozlik chizmalarida kesimlarni
belgilash va arxitektura chizmalarida turli materiallarni ajratish uchun
ishlatiladi. Chizmalami avtomatlashtirilgan ishlab chiqish tizimlarining
ko‘pida taqdim etiladigan ba’zi eng tipik shablonlar 5.6-rasmda keltirilgan.
5.6-rasm. Shtrixlash namunalari
Shtrixlash berk ko‘pburchakni ko‘rsatishdan boshlanadi. Bu
operatsiya har xil yo'sinda bajarilishi mumkin. Ba’zi tizimlarda
ko‘pburchakni tashkil qiluvchi hamma kesmalarni ko‘rsatib chiqishga
to‘g ‘ri keladi. Boshqa tizimlarda kesmalardan birini ko‘rsatish kifoya
qiladi,
qolganlarining hammasini tizim
avtomatik topadi.
Agar
ko‘pburchak
ichida
shtrixlanmaydigan
uchastkalar
bo‘Isa,
uning
chegaralari
ko‘rsatilishi
kerak.
Shtrixlash
-
bu
chizmachining
unumdorligini oshiruvchi chizmalarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish
tizimining funksiyalaridan biridir.