7 - BOB. UCH 0 ‘LCHAMLI MODELLASH
CAD-tizimlarida
uch
o‘lchamli
obyektlami
yaratish
uchun
modellashning asosan uch: karkasli, sirtli va qattiq jismli modellash
usullaridan foydalaniladi; ulaming har biri real obyektlami reallikning har
xil darajasida yaratish imkonini beradi:
• Karkasli modellash.
Ushbu modelda obyektning faqat qovurg‘alari
taqdim etiladi, uning qirralari aniqlanmaydi, shuning uchun model shaffof
boiadi. Karkasli modelda hajm tushunchasi bo‘lmaydi.
.
Sirtli modellash. Bu modelda obyektning qovurg‘a va qirralari
aniqlanadi, u karkasli modelga nisbatan aniqroq bayonni ta’minlaydi.
Model shaffof emas, oldindagi qirralar ortdagi qirralami berkitib turadi.
Sirtli model hajmga ega, lekin massani hisobga olmaydi, chunki model
devorlari qalinligi hisobga olinmaydi.
.
Qattiq jism li modellash. Bu model obyektni haqiqatga yaqin bayon
qilish imkonini beradi. U obyektning tashqi qirralari va qovurg‘alari
haqida batafsil informatsiyani beradi hamda uning ichki strakturasini
bayon qiladi. Qattiq jismli model hajm va massaga ega va material
xarakteristikasini hisobga oladi.
Uch o‘lchamli modellash quyidagi imkoniyatlami ta’minlaydi:
• modelni fazoning istalgan nuqtasidan ko‘rib chiqish;
• model kesimini bajarish;
• modelning ikki o‘lchamli chizmalarini avtomatik tarzda bajarish;
. modelning real aksini olish;
. material xarakteristikalari va tashqi yoritishni qo‘shish.
AutoCADda uch oicham li fazoda ishlash uchun komandalar
mavjud, ular yordamida uch o'lchamli obyektlami modellash, materialni
bayon qilish va yoritishni o‘matish mumkin. AutoCADda uch oichamli
modellash uchun qulay maxsus interfeys mavjud.