|
Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
Dars turi
|
bet | 10/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
Dars turi: amaliy
Darsda qo’llaniladigan o’qitish metodlari: “taqdimot”, baxs – munozara , savol- javob.
Fanlararo bog’lanish: tasviriy san‟at , chizmachilik, matematika, fizika , iqtisodiy bilim asoslari va b.
Dars jihozi:kompyuter, proyektor, ekran, slaydlar, “Quticha”ning texnologik xaritasi , asbob- uskunalar va moslamalar, xavfsizlik texnikasi qoidalari, sohaga oid kasb bo‟yicha ko‟rgazma materiallari. Darsning borishi: I Tashkiliy qism.
II So’rash. O‟tgan dars mavzusi yuzasidan savol-javob o‟tkazish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‟llagan holda o‟quvchilar bilimini nazorat qilish qilish.Masalan, o‟quvchilarga o‟tilgan dars yuzasidan quyidagi topshiriq va savollarni berish mumkin. 1. Xalq hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz? 2Taniqli o‟zbek xalq hunarmand ustalari va ularning ish usullari haqida gaprib bering. 2 Bozor munosabati sharoitida”Hunarmand ” uyushmasining faoliyati va istiqbollari haqida gaprib bering .3 Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosida borayotgan ish faoliyatlaridan misollar keltiring va h. O‟quvchilarning javoblari umumlashtirilib , yangi mavzu yuzasidan yo‟l-yo‟riqlar beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni Reja:
Sovg‟a uchun quticha yasashning texnologik xaritasini tuzish.
Texnologik xarita asosida sovg‟a uchun quticha yasash.
Sovg’a uchun quticha yasashning texnologik xaritasini tuzish.
Amaliy mashg’ulotning borishi. Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik xaritasi bo‟lishi shart. Texnologik jarayon deganda umuman ishlab chiqarish jarayonining bir qismi tushuniladiki, unda xom ashyoni tayyor buyumga aylantiriladi.Texnologik jarayon o‟z navbatida taxnologik mexnat jarayonlariga bo‟linadi.Har bir texnologik jarayon texnologik jarayonning tugal bir qismi bo‟lib, ularda bir ish o‟rnida va asbobni almashtirmay,masalan, arralash, egovlash, parmalash, elimlash, mixlar, burama, mixlar (shurup) va boshqa vositalar bilan biriktirish kabi biror ish bajariladi. Shuningdek, texnologik jarayon ham yanada kichik elementlarga –texnologik o‟tishlarga bo‟linadi.Bular texnologik jarayonning tugal qismlaridan iborat bo‟lib , foydalaniladigan asbobning va ishlov beriladigan yuzaning doimo bir xilligi bilan xarakterlanadi.Masalan, yog‟ochni arralash, g‟adir- budur yuzasini randalash va hokazo. Bu mashg‟ulotda sovg‟a uchun quticha yasalishini va uning texnik chizmalari va texnologik xaritasini tuzulishini, ularni daftarga ko‟chirib olish kerakligini aytib o‟tiladi. Shundan so‟ng o‟quvchilar bilan birgalikda sovg‟a uchun quticha yasashning texnologik xaritasi tuziladi.
|
| |