|
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad
|
bet | 13/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarni to`quvchilik kasbiga qiziqtirish.
Darsning vazifalari:
- to`quvchilik hunari haqidagi tushunchalarni kengaytirish; - o`quvchilarga murakkab to`qish ishlarini o`rgatish.
Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
Dars turi: nazariy.
Darsda qo`llanadigan o`qitish metodlari: Taqdimot, bahs-munozara, savoljavob, klaster, zinama-zina.
Fanlararo bog`lanish: rasm, tasviriy san`at, chizmachilik, matematika, fizika, iqtisodiy bilim asoslari va h.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, proektor, ekran, slaydlar, to`quvchilik ishlaridan namunalar, ko`rgazmali qurollar, asbob-uskunalar. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.
So`rash. O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazish.
Yangi mavzu bayoni.
Reja:
To`quvchilik va to`quvchilik kasbi haqida ma`lumot.
To`qishning murakkab usullarini o`rganishda kryuchokdan foydalanish sirlari.
To`quvchilik va to`quvchilik kasbi haqida ma`lumot. To`quvchilik – eng qadimgi kasblardan biridir. To`quvchilik kasbini egallash orqali qizlarimizni hayotga tayyorlashdek zarur vazifa bajariladi, chunki har bir ayol to`quvchilik sirlarini bilishi kerak. Tikuvchilik kasbi qatori to`quvchilik kasbi ham sharafli kasblardan biri hisoblanadi.
To`qish – qadimiy va ommabop qo`l mehnati turlaridan hisoblanadi. Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoati qanchalik tez sur`atlarda rivojlanishiga qaramay, qo`lda to`qilgan kiyim va buyumlarga bo`lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda, chunki tanlangan to`quv ipi yordamida inson to`qish hunarini mukammal o`rgangan bo`lsa, o`zining didiga, talabiga mos keladigan turli mavsumlar uchun mo`ljallangan xilma-xil kiyimlar va buyumlarni qo`lda to`qib olish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Hunar albatta yoshlikdan o`rgatiladi. Yurtimizda ko`pgina o`quv yurtlarida amaliy san`at turlariga oid hunarlarni o`rgatish bilan bir qatorda tikish, qo`lda to`qish hunarini o`rgatadigan maktabdan tashqari muassasalar ham faoliyat yuritmoqda. Bu hunar yosh avlodda mehnatga muhabbat, badiiy did va mahorat, sabrlilik va ijodkorlik tuyg`ularini shakllantiradi. Qo`lda to`qish to`garaklari maktablar qoshida hamda maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida, mahalla qo`mita qoshida tashkil etiladi. Bu to`garaklarda yoshlar qo`lda to`qish tarixi, to`quv jihozlari va iplari turlari, ulardan to`g`ri foydalanish, to`qish uslublari, to`qilgan buyum va kiyimlarni kerakli o`lchovda to`qish, to`qilgan kiyimlarga ishlov berish, ularni asrash kabi malakalarni egallaydilar.
|
| |