|
Texnologik xarita asosida sovg’a uchun qo’ticha yasash
|
bet | 11/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Texnologik xarita asosida sovg’a uchun qo’ticha yasash.
Tayyorlangan texnologik xarita asosida o‟quvchilar sovg‟a uchun quticha yasaydilar. Bu jarayonda yasaladigan qutichani ssifati, chiroyi va tuzulishiga katta e‟tibor qaratish kerak. Sovg‟a uchun yasaladigan qutichani to‟rtburchak, silndirsimon, doirasimon shakllarda ham yasash mumkin. Quticha yuzasiga turli ko‟rinishdagi naqshlarni chizish orqali uni yanada jozibadorligini oshirishga erishish mumkin.
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida sovg‟a uchun yasaladigan qutichani oddiy yog‟och cho‟plaridan ham yasasa bo‟ladi. Buning uchun yog‟och cho‟plari to‟lanadi. Ular turli yelimlar yordamida bir-biriga briktiriladi. Biriktirilgan qismlar usti lok yordamida loklab chiqiladi. Bu yo‟l bilan quticha yasash orqali o‟quvchilarda xom ashyoni tejash, isrof qilmaslik, undan samarali va unumli foydalanish ko‟nikmalari rivojlanadi.
Sovg’a uchun quticha yasash texnologik xaritasi
Hunarmand ustalar tomonidan sovg‟a uchun yasaladigan quticha, lagan va boshqa mahsulotlar ham mana shunday usullar asosida yasaladi va yasalgan buyumlar bozorda o‟z xaridorgirligi bilan ajralib turadi.Quyida hunarmand ustalar tomonidan yasalgan buyumlardan misollar keltirilgan.
Eslatma.Amaliy mashg‟ulot vaqtida o‟quvchilar quyidagi xavfsizkil texnikasi qoidalariga roiya qilishlari zarur: Ish boshlangunga qadar:
Maxsus kiyimni to‟g‟ri kiyib olish.
Metal qirqish ishlarini bajarishda himoya ko‟zaynagini taqib olish.
Barcha asboblarni o‟z ornida ekanligini tekshirib ko‟rish, nosoz ish asboblar mavjud bo‟lgan holda o‟qituvchihga xabar qilish.
Dastgoh va uskunaning sozligini tekshirib ko‟rish.
Ish vaqtida:
Ishlov beriladigan materialni uskunaga mustahkam qilib o`rnatish.
Ishni faqat soz, to`g`ri rostlangan asbobda bajarish.
Jarohatlanishning oldini olish maqsadida;
bolg`a va to`qmoq muhralari yuzasi silliq, yorilmagan va o`yiqchalarsiz bo`lishi kerak;
uchli asboblar (egov va b) yog`ochdan ishlangan mustahkam o`rnatilgan yoriqlarsiz tutqichga ega bo`lishi;
zarbli kesuvchi asboblarda zarb beruvchi qismi soz bo`lishi;
egov bilan ishlashda barmoqlar uning ustki qismida bo`lishi.
Ishlov berilayotgan yuzaning silliqligi barmoq bilan tekshirilmaydi.
Gaykadan ko`ra kattaroq kalitlardan foydalanilmaydi, kalitni qo`shimcha vositalar bilan uzaytirish taqiqlanadi.
|
| |