|
To`qishning murakkab usullarini o`rganishda kryuchokdan foydalanish sirlari
|
bet | 14/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)To`qishning murakkab usullarini o`rganishda kryuchokdan foydalanish sirlari. Kryuchokda to`qishni texnik rasmlarga qarab o`rganish oson. Buning uchun har bir chokning namunasi (sxemasi)ni bilish darkor. Barcha choklarni namunaga qarab to`qishni o`rganib bo`lgach, katta buyumlarni to`qishni boshlash mumkin.
Xalqasimon petlya (sepochka).
Bu quyidagicha amalga oshiriladi: kalava ipni boshini chap qo`lning ko`rsatkich barmog`iga ilib, o`ng qo`ldagi kryuchokni uning tagidan o`tkaziladi. So`ng chap tomondan o`ng tomonga kryuchokni tortib petlya hosil qilinadi. Hosil bo`lgan petlyaga chap qo`lning bosh barmog`i bilan ushlab yordam beriladi. Sxemada xalqasimon petlya nuqta (o) bilan belgilanadi. Boshlovchilar kryuchokni to`g`ri ushlashini bilib olishlari zarur. Kryuchok o`ng qo`lda xuddi qalam ushlagandek ushlanadi. Kryuchokni har tomonga aylantirish mumkin emas. Kalava ip va to`qilayotgan ashyo chap qo`lda turadi.
Bog`lovchi peltya. Bu peltya yordamida peltyalar sonini qisqartirish yoki alohida to`qilgan mahsulotlarni ulashda foydalaniladi. Uning sxemadagi belgisi: X.
Makidsiz ustun. Kryuchokni oxiridan bitta oldingi petlyaga kirgizib, ipni tortib yangi petlya hosil qilinadi. So`ng yana ip tortib ikkita petlyani tagidan o`tkazib bitta petlya qiladi. Bu chok xalq tilida “t” chok deyiladi. Sxemadagi belgisi: T.To`qilayotgan buyumning chegarasi tekis chiqishi uchun qator oxirida bitta xalqasimon petlya to`qib yuboriladi.
Nakidli ustun. Kryuchokka bitta ilgak olib, xalqasimon chokning bittasidan o`tkaziladi. Kryuchokda uchta petlya hosil bo`ladi. Ikkita petlyani bitta qilib, petlya olinadi, kryuchokda ikkita petlya qoladi, yana ikkita petlyani bitta qilib olinadi. Shunda bitta ustunga o`xshash chok paydo bo`ladi.
Uning sxemadagi belgisi:
|
| |