|
Uchta yoki undan ko`p ustunlarni birga to`qish
|
bet | 15/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Uchta yoki undan ko`p ustunlarni birga to`qish. Ko`p hollarda uch yoki undan ko`p ustunlar bir joyda to`qiladi. U quyidagicha amalga oshiriladi: barcha ustunlar oxirigacha to`qilmaydi, ya`ni oxirgi petlya kryuchokda qoladi. Qancha ustun kerak bo`lsa, shuncha petlya olinadi, lekin asosiy petlya kryuchokda qoladi. Barcha petlyalar orasidan asosiy ip tortib olinadi va bitta xalqasimon petlya to`qiladi.
Shokilali to`qish. Shokilani ikki xil usulda to`qish mumkin: oldi tomondan va orqa tomondan . Birinchi usul: shokila oldi tomondan to`qiladi: Oldingi qator shunday to`qiladi: ipni chap qo`lning bosh barmog`ga ilib, petlya olinadi (A). So`ng kryuchokni ipning tepa qismidan qo`yiladi.
Kryuchokni oldingi asosiy peltyaga kirgizib ip tortiladi (B) va nakidsiz ustun to`qiladi (V). Qarama-qarshi qator nakidli yoki nakidsiz ustun shaklida to`qiladi. Ikkinchi usul: shokilani orqa tomondan to`qiladi. Ipni qalam yoki tekis yog`ochga o`rab, nakidli yoki nakidsiz ustun to`qiladi. Shokilalarning har bir qatori orasida bir ikki qator, yo nakidli, yo nakidsiz ustun to`qiladi.
Bolalar panchosi. Bolalar panchosi yengil ustki kiyimlardan hisoblanadi. Murakkab to`qish usullarini o`rganib olgandan keyin panchoni to`qish ham bir muncha oson bo`ladi.
Dars yakuni:
1.Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash.
“Zinama-zina”metodi asosida marraga kim birinchi chiqish texnologiyasining sxematik tuzulishi asosida o`tilgan mavzuni mustahkamlash samarali hisoblanadi. Quyida uning sxematik tuzulishi keltirilgan bo`lib, mavzuga oid savollar ketmaketlik asosida oddiydan murakkabga qarab tuziladi.Savollar o`qituvchi tomonidan tuzilib, zinalarga joylashtirib qo`yiladi.
2.Uyga vazifa berish. Mavzu asosida qo`shimcha materiallar to`plash va tarqatma materiallar tayyorlab kelish.
3.Ish o`rnini yig`ishtirish.
5-8-dars.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi uchun.
|
| |