|
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad
|
bet | 23/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarning xalq hunarmandchiligi sohasiga oid qiziqishlarni o`stirish, maskur sohalarga oid biror kasbni egallashlariga yordam berish. Darsning vazifasi:
xalq hunarmandchiligi bo`yicha o`tkaziladigan turli ko`rgazma va tankovlar haqida tushuncha;
turli ko`rgazma va tankovlarni tashkil etish hamda o`tkazish shartlari, sharoitlari;
o`quvchilarni bunday tadbirlarga jalb etish.
Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
Dars turi: nazariy.
Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: tushuntirish, suhbat.
Fanlararo bog`lanish: rasm, chizmachilik, tasviriy san`at, ona tili va adabiyot, tarix va b.
Dars jihozi: kompyuter, proyektor, ekran, slaydlar, tadbirlar rejasi, ko`rgazmali materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
I. So`rash. O`tgan dars mavzusi yuzasidan savol-javob o`tkazish, Yangi pedogogik va axborot texnologiyalarini qo`llagan holda o`quvchilarning bilimini nazorat qilish.O`quvchilarning bergan javoblarini umumlashtirib,yangi mavzu yuzasidan yo`l-yo`riqlar berish
Yangi mavzu bayoni
Reja:
Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil etish tartibi.
Mamlakatimazda an`anaviy xalq hunarmandchiligi bo`yicha tashkil etilayotgan ko`rik tanlovlar va grantlar.
Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil etish tartibi. Keyibgi yillarda iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag`batlantirish maqsadida mamlakatimizda turli xil tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Masalan, “Kelajal ovozi”, “Mehr nuri” jamg`armalari o`tkazayotgan ko`rik-tanlovlar shular jumlasidandir. Katta yoshdagi tadbirkorlar, ishbilarmonlar va hunarmandlar uchun esa “ Tahsabbus” ko`rik-tanlovi o`tkazib kelinmoqda.
Bunday tadbirlarni maktab miqyosida yoki bir necha maktablar ishtirokida ham o`tkazish mumkin. Quyida mana shunday tadbirlardan birini o`tkazish bo`yicha tavsiyalar berilgan.
“Yigit husni-hunar” mavzusida ko`rik-tanlovni tashkil etish
|
| |