• Ko`rik-tanlovni tashkil etish bosqichlari
  • NIZOMI Ko`rik-tanlovning maqsadi




    Download 2,88 Mb.
    bet24/69
    Sana03.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #129770
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
    Bog'liq
    Hujjat (1)

    NIZOMI
    Ko`rik-tanlovning maqsadi: o`quvchilarga an`anaviy xalq hunarmandchiligi turlarini o`rgatish orqali ularni kasb-huarga yo`llash milliy xalq hunarmandchilik an`analari bilan tanishtirish, tadbirkorlik va kasanachilik faoliyatiga yo`llash.
    Ko`rik- tanlovning vazifalari:

    • o`quvchilarning mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ta`lim sohasida olib borilayotgan ishlar mohiyatini naqadar teran anglayotganliklarini aniqlash hamda ularda mana shu serqirra jarayonni o`quvchiyoshlar o`z o`rnida his etishi, amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning hayotbaxsh

    ta`siri haqida mustaqil fikrlarini amaliy ifoda eta olish ko`nikmalarini shakllantirish;

    • umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilarining mehnat ta`limi fanidan

    Davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi talablarini qanday
    ozlashtirayotganliklarni darajasini aniqlash;

    • “Mustaqillik menga nima berdi, deb emas,balki men mustaqil yurt uchun qanday ishlarni amalga oshirdim” iborasini nechog`li tushunganliklarni aniqlash;

    • Xalq hunarmandchiligi bo`yicha buyumlar tayyorlashda o`zbek xalq hunarmandchiligi san`atining miiliy an`analaridan maqsadga muvofiq foydalanish;

    • Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ish usullarini o`rgatish va bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan buyumlar tayyorlash texnologiyasini o`rgatish;

    • O`quvchilarni qobiliyat darajasi va shaxsiy qiziqishlarini hamda xalq hunarmandchiligiga oid kasb-hunarlarga yo`naltirish.

    Ko`rik-tanlovni tashkil etish bosqichlari:
    Birinchi bosqichhda ko`rik tanlovga qatnashuvchi o`quvchilar va ularning xalq hunarmandchiligi bo`yicha tanlagan yo`nalishlari ro`yxatga olinadi (anketa asosida, ilovaga qarang).
    Ikkinchi bosqichda o`quvchilarning xalq hunarmandchiligi bo`yicha bilimlari sinovdan o`tkaziladi ( o`quvchilarning bilim darajalari sinflar kesimida savol-javob, tast va boshqa usullar asosida sinovdan o`tkaziladi).
    Uchinchi bosqichda o`quvchilarning ko`rik-tanlov uchun topshirgan ishlari hakamlar hay`ati tomonidan ko`rib chiqiladi va baholash mezonlari asosida baholanadi.
    To`rtinchi bosqichda o`quvchilarga tanlagan xalq hunarmandchiligi yo`nalishlari bo`yicha ijodiy ish topshiriqlari beriladi.Bajarilgan ijodiy ish topshiriqlari hakamlar hay`ati tomonidan korib chiqiladi va baholash mezonlari asosida baholanadi.
    Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rik-tanlovni tashkil etish muddati va shartlari maktab ma`muriyati tomonidan belgilanadi.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




    Download 2,88 Mb.