|
Bluzkani bichish va tikish. NI-2
|
bet | 27/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Bluzkani bichish va tikish. NI-2
|
Darsning maqsadi:
ta`limiy - o`quvchilarga bluzkani bichish va tikishni o`rgatish;
tarbiyaviy - tikuvchilik ishkarida o`quvchilarni sabrli bo`lishga, go`zllikni his etishga undash;
v) rivojlantiruvchi - o`quvchilarda hunarmandchilikning zamonoviy texnologiyalarini o`rganib, amaliyotda qo`llashni tarkib toptirish.
Kasbga yonaltiruchi maqsadi: o`quvchilarning tikuvchilik buyumlarini tayyorlash haqidagi ko`nikmalarini kengaytirish.
tikuvchilik ishlari haqida ma`lumot berish;
ayollar kiyimlari haqida ma`lumot berish;
bluzka turlari va ularni tikishni o`rgatish Dars tipi: yangi bilimlar berish.
Dars turi: nazariy, amaliy.
Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: tushuntirish, suhbat, amaliy ish, taqdimot.
Fanlararo bog`lanish; matematika, fizika, chizmachilik, iqtisodiy bilim saoslari va b.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, proyekror, ekran, slaydlar, tikuv buyumlari, bluzkalardan namunalar, ko`rgazmali qurollar, asbob-uskunalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
So`rash. O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazish
Yangi mavzu bayoni
Reja:
Bluzka haqida ma`lumot.
Ayollar bluzkasini loyihalash.
Bluzka andozasi va bluzka assortimenti.
Bluzka yengil kiyim hisoblanib, yelkali kiyimlar turiga kiradi. Kiyimlar assortimentiga ko`ra, bluzka, bluzka-jemper, bluzka-batniklari kabi turlari mavjud. Ayollar bluzkasini loyihalash xuddi ko`ylakni loyihalash usulidek bajariladi, lekin buyum uzunligida farqi bo`ladi. Agar bluzkani yupka ustidan chiqarib kiyilsa, uning beldan uzunligi 10-15sm yoki bo`ksadan bir oz uzunroq bo`lishi, bluzkani yupkaning ichiga kirgizib kiyiladigan bo`lsa, bo`ksa chizig`idan 5-7sm uzunlikda bluzka uzunligi olinadi. Bluzka yuqorigacha taqiladigan yoki bo`rtlari qaytarilgan bo`lishi mumkin. Bluzkani bel vitochkalarisiz to`g`ri, ya`ni kokrak chizig`i bilan bo`ksa chizig`ini birlashtirib to`g`ri va vitochkaliqilib loyihalasah mumkin. Bluzkani loyihalashda uning taqilmasiga e`tibor berish kerak. Bluzka taqilmasida adipi yaxlit bo`lsa, avval uning o`tim haqi 2-3sm, so`ngra adip haqi 2,5x2+1,5=6,5sm qo`yiladi. Bluzka taqilmasida adip alohida bo`lsa, o`tim haqi 2-3sm, so`ngra bort adipini tikish uchun chok haqi 0,5sm qo`shiladi, ya`ni 2,5+0,5=3sm. Bluzka taqilmasida yaxlit plankali ishlatilsa, u holda o`tim haqi 2 baravar ko`p olinadi, ya`ni 2,5x2+2=7 sm.
Bluzkadan oilaviy tantanalarda: bluzka bilan yupka yoki bluzka bilan shim bilan birga kiyish mumkin. Uyda ishlash kiyimi komplektlari nihoyatda bemalol harakat qilishga xalaqit bermaydigan bo`lishi kerak. Buning uchun trikotaj maykalar, sviterlar bilan shim yoki gavdaga yopishib turmasligi uchun qo`yimi ko`paytirilgan bluzkalar kiyish yaxshi hisoblanadi. Quyida o`quvchilar amaliy mashg`ulot davomida mustaqil ishlashlari uchun bluzka andozalaridan namunalar va turli xil bluzka assortimentlari keltirilgan.
|
| |