• Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. So`rash.
  • Yangi mavzu bayoni
  • Yog`och o`ymakorligida qo`llaniladigan asboblar va mahsulot tayyorlashdagi ish usullari.
  • IV. Dars yakuni
  • Dars tipi: Yangi bilimlar berish. Dars turi




    Download 2,88 Mb.
    bet29/69
    Sana03.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #129770
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
    Bog'liq
    Hujjat (1)

    Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
    Dars turi: amaliy.
    Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: Taqdimot, bahs-munozara, savoljavob, amaliy ish.
    Fanlararo bog`lanish: rasm, tasviriy san`at, chizmachilik, matematika, fizika, iqtisody bilim asoslari va b.
    Darsning jihozi: kompyuter, proyektor, ekran, slaydlar, Xalq hunarmandchiligiga oid turli buyumlar,ularni tayyorlashga oid texnologik xaritalar, asbob-uskunalar va moslamalar, xavfsizlik texnikasi qoidalari, sohaga oid kasb bo`yicha ko`rgazmali materiallar.
    Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.

    1. So`rash. O`tgan dars mavzusi yuzasidan savol-javob o`tkazish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llagan holda o`quvchilar bilimini nazorat qilish. O`quvchilarning bergan javoblarini umumlashtirilib, yangi mavzu yuzasidan yo`l-yo`riqlar berish.

    2. Yangi mavzu bayoni.

    Reja:

    1. Yog`och o`ymakorlik san`ati.

    2. Yog`och o`ymakorligida qo`llaniladigan asboblar va mahsulot tayorlashdagi ish usullari.

    1. Yog`och o`ymakorlik san`ati. Yog`och o`ymakorligi o`zbek xalq amaliy bezak san`atining keng tarqalgan bir turi bo`lib, bunda biror naqsh yoki tasvir taxta yoki yog`och buyumlarga chizib, kesib o`yib ishlanadi. Badiiy san`atning bu turi deyarli barcha xalqlarda bo`lib, qadimgi Sharqda antik dunyo mamlakatlari arxiekturasida keng ishlatilgan. Asrlar davomida Evropa va Osiyo mamlakatlarida yog`och oymakorligi rivojlanib, o`ziga xos badiiy uslublari kelib chiqqan. Shu singari O`rta Osiyoda ham yog`och o`ymakorligi qadimdan rivojlanib, kishilarning uy-ro`zg`or buyumlarida va arxitekturasida juda keng qo`llanilgan. Bu o`ymakorlik qadimiy arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar har xil to`sin, stol, xontaxta, quticha, romcha, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan V-VIasrlarga oid yog`och o`ymakorligi namunalari Surxondaryo vohasidagi Yumaloq tepa tubidan topilgan. Olimlarimizning aniqlashicha bundan 1-1,5 ming yil muqaddam mazkur joyda naqsh o`ymakorligi san`ati bo`lib, u juda yaxshi rivojlanganligi isbotlangan.XIX va XX-asrdarda yog`opch o`ymakorligi, miskarlik, naqqoshlik va san`atning boshqa turlari rivojlanib har bir shaharning o`ziga xos yog`och o`ymakorligi paydo bo`ldi. Qo`qondagi xudayorxon saroyi, Toshkentdagi knyaz N.Kramonovlarning saroyi, Quvadagi Zayniddinboyning uyi, Marg`ulondagi Saidahmatxo`ja madrasasi va Buxoradagi Sirorai Mohi-Xosa va boshqalarda yog`och o`ymakorligining o`ziga xos namunalari yaratilgan. Shunday ekan, yog`och o`ymakorligida duradgorlikni bilmasdan turib o`ymakorlikni tushunib yetish qiyin. Chunki xar bir o`ymakor usta oyiladigan buyum detallarini alohida tayyarlab, ya`ni detalni o`lchab, arralab randalab tayyarlaydi. O`quvchilar yog`ochga ishlov berish sohasidagi xalq hunarmandchiligida duradgorlik kasbidan xabardor bolishi va shu kasbda ishlatiladigan asboblarni bilishlari lozim.Duradgorlik kasbi shunday kasblardanki, bunchalik xalq turmishiga singib ketgan kasblar kam topiladi. Duradgor yasagan buyumlar har bir xonodonda ko`plab topiladi. Shuning uchun bu kasb o`quv pretmetiga aylani, har bir o`quvchilar uyi va saroylarida, maktablarida va oliy o`quv yurtlarida o`qitilib, o`rgatilib kelinmoqda. Bundan tashqari naqqoshlik, beshikchilik va sandiqchilik kasblari ham xalq orasida keng tarqalgan kasblardan hisoblanadi.
    Yog`och o`ymakorligi ishlarini o`rganish jarayonida o`quvchilar quyidagi ustaxona xavfsizligi texnikasi va yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari lozim. Yog`och o`ymakorlik ustahonasi binoning birinchi qavatida joylashishi, unga yorug`lik yaxshi tushib turadigan bo`lishi kerak. Ustaxonaning yarim podval yoki podvalga joylashishi gigienik nuqtai nazardan qat`iyan man qilinadi. Ustaxona uchun qo`yiladigan maxsus talablardan biri- unga tabiiy yorug`lik yaxshi tushishi, xona isitilishi va shamollatilishi kerak. Eng muhimi, ustaxonada xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak. Ustaxonada yong`in xavfsizligiga alohida e`tibor berish lozim, chunki, yog`ochdan chiqqan qirindilar tez yonad. Shuning uchun elektr isitgich asboblari uchun maxsus belgilangan joy bo`lishi lozim. Ustaxona o`t o`chirish moslamalari (inventarlari) bilan jihozlanishi zarur.
    Yog`och o`ymakorlik ustaxonasida ishlaganda quyidagilarga e`tibor berish lozim:

    1. Ish boshlashdan oldin ish kiyimlarini to`g`ri kiyib, ularning tugmalarini qadab olish.

    2. Ishlayotganda kerakli yag`ochni dastgohga mahkamlab, uning mustahkamligini tekshirib ko`rish.

    3. Kesuvchi asboblarning tig`ini tekshirish, agar o`tmas bo`lsa o`tkirlash.

    4. Arra bilan ishlaganda gaplashmasdan, hushyorlik bilan ishlash.

    5. Randa bilan ishlaganda randaning sozligini tekshirish.

    6. Yelim tayyorlashda, uni eritishda elektr asboblaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.

    7. Ishdan keyin qolgan materiallar va tugatilmagan ishlarni navbatchiga topshirish.

    8. Asboblarni artib, tozalab joyiga qo`yish.

    9. Ish dastgohlarini qirindi-payrahalardan tozalashda maxsus cho`tka-lardan foydalanish.

    10. Ustaxonada tibbiyot aptechkalarni bo`lishi shart.

    Agar biror o`quvchining qo`li kesuvchi asboblar bilan jarahotlanib, qon ketayotgan bo`lsa, uni to`xtatish uchun jarohatlangan joyni yuqori qismidan bog`lab qo`yish va uni tezda yaqin oradagi tabbiy yordam ko`rsatish bo`limiga olib borishi lozim.
    Yog`och o`ymakorligida qo`llaniladigan asboblar va mahsulot tayyorlashdagi ish usullari. Yog`och o`ymakorligida naqsh kompoziyalarini chizish, o`lchash va boshqalarda bir qancha ish, o`lchov va nazorat asboblari ishlatiladi. Masalan metr, chizg`ich, go`niya, pargor (ruscha-sirkul), kronsirkul, nutromer, qalam, knopka, o`chirg`ich, reysfeder, reysshina, transportir kabilar o`lchash va nazorat asboblariga kiradi(5-rasm)
    Yog`och o`ymakorligida turli ish asboblar ishlatilib, ular o`ziga xos ishlarni bajaradi (6-rasm). Yog`och o`ymakorligida turli ish asboblar ikki turga bo`linadi, ya`ni naqshni o`yish uchun “o`yma qalamlar” va ikkinchisi “naqsh qalamlar”. Asboblarning shakli va bajaradigan ishiga qarab iskanalarning bir necha xillari bo`ladi. Masalan, iskana, morpech iskana, baliq sirti iskana, zamin iskana, kovza iskana, chekma iskana va boshqalar.

    5-rasm. Yog‟och o‟ymakorlik asboblari
    Iskanalar shakliga va bajaradigan ishiga qarab sakkiz guruhga bo`linadi:

    1. To`g`ri iskanalar- 4-xil bo`lib, mayda (tig`ining kengligi 1,5 mm) iskana, o`rta iskana, katta iskanalarga bo`linadi.Ular o`yma naqsh elementlarining atroflarini va geometrik shakldagi bog`dodi naqshlarning chetlarini kesishda, zamin olishda va ularni tekislashda ishlatiladi.

    2. Kurakcha iskanalar-2 xil bo`lib, tig`ining kengligi 15-25 mm bo`ladi. Bu iskanalar kesadigan tig`ining uchi bir tomonga qiya qilingan bo`lib, kurakcha shaklida bo`ladi. O`quvchi usta o`ng qo`li bilan iskananing dastasidan ushlab, naqsh chizig`i ustid, ma`lum bir chuqurlikda sanchigan holda o`zi tomon kesadi. Bu iskana asosan buyumlarning chetiga ensiz zanjir va hoshiya naqshlar o`yishda qo`llaniladi.

    3. Navo iskanalar- navo iskananing yig`ining uchi bov shaklida bo lib, eni 2 mm dan 15mm gacha bo`ladi. Bu iskanalar yo`goch buyumlarning yuziga turli shakldagi o`simliksimon, islimiy, qavartma naqshlarni o`yish va pardozlashda ishlatiladi. Nova iskanalar to`rt xil: nuqta nova iskana, kichik iskana, o`rta nova iskanadir.

    4. Baliq sirti iskana- bu iskanalarning tig`i botiq, kamalaksimon ko`tarilgan, baliq qovurg`si shaklida bo`lib, tig`ining kengligi 3,6,10,15mm gacha bo`ladi.Yog`ochga chizilgan naqshni o`yish uchun usta iskanani chop qo`lida ushlab, tig`ini chizizq ustida ushlab, tig`ini chiziq ustiga tik qo`ygan holda bolg`acha bilan urib kesadi.

    5. Zamin iskanalar-2 xil bo`lib, tig`ining kengligi 5-7 mm gacha bo`ladi. Ular buyumlarning yuziga chizilgan islimiy va girih naqshlarning zaminini o`yib olishda ishlatiladi.

    6. Chekma iskanalar- buyumning iziga o`yilgan naqshlar zaminining bir tekis bo`lishi, naqsh chiziqlarining aniq ko`rinishi uchun ishlatiladi. Naqshni o`yishda oquvchilar iskanani chap qo`l kaftining orasiga olib, uni tik ushlagan holda bolg`acha bilan naqsh zamainini bir chetdan cheklab chiqadi. Chekma iskanalar bir tishli, uch tishli, besh tishli, o`n olti tishli bo`ladi.

    7. Morpech iskanalar- 4 xil bo`lib, tig`ining kengligi 5, 8, 15, 20 mm gacha bo`ladi.Bu iskanalar buyumlarga qo`yilgan naqshlarning chetlaridagi zanjiri, hoshiya, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda ishlatiladi. Morpech iskana ham bolg`acha bilan urib ishlatiladi.

    8. Kavza iskana-3 xil bo`lib, tig`ining kengligi 5, 8, 12 mm gacha bo`ladi. Bu iskanalarning to`g`ri tig`li va egri tig`li deb yuritiladigan ham bor. Kavza iskanalar buyumlarning yuziga o`yilgan naqsh chiziqlarining ustiga uch qirrali qavariq yollar chiqarish va parallel chiziqlar tushirishda ishlatiladi.

    Yuqorida ko`rsatilgan o`ymakorlik asboblari bilan buyumlarga turli xil naqshlarni o`yish mumukin. O`yamakorlik asboblaridan foydalanar ekanmiz, agar ular o`tmas bo`lsa, ish sifatsiz, ko`ngildagidek chiqmaydi, shuning uchun ham “Ustani o`zi usta emas, asbobi usta” yoki “Ishni asbob qilar, egasi lof urar” deb bejiz aytmaganlar. IV. Dars yakuni:

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars tipi: Yangi bilimlar berish. Dars turi

    Download 2,88 Mb.