• Darsning borishi: Tahskiliy qism. So`rash.
  • Do`ppilar haqida umumiy ma`lumot.
  • Dars turi: amaliy. Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari




    Download 2,88 Mb.
    bet31/69
    Sana03.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #129770
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
    Bog'liq
    Hujjat (1)

    Dars turi: amaliy.
    Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: Taqdimot, baxs- munozara, savoljavob, amaliy ish.
    Fanlararo bog`lanish: rasm, tasviriy san`at, chizmachilik, matematika, fizika, iqtisodiy bilim asoslari va b.
    Darsning jihozlari: kompyuter, proyektor, ekran, slaydlar, Xalq hunarmandchiligiga oid turli buyumlar, ularni tayyorlashga oid texnologik xaritalar, asabob-uskunalar va moslamalar, xavfsizlik texnikasi, sahoga oid kasb bo`yicha korgazma materiallari.
    Darsning borishi:

      1. Tahskiliy qism.

      2. So`rash. O`tgan dars mavzusi yuzasidan savol-javob o`tkazish.

      3. Yangi mavzu bayoni,

    Reja:

      1. Do`ppilar haqida umumiy ma`lumot

      2. Do`ppini bichish va tikish.

    Do`ppilar haqida umumiy ma`lumot. Do`ppi bosh kiyimi sifatida juda qadimdan o`zbek xalqining kundalik turmish tarziga shunchalik singib ketganki, ularsiz bayramlarni va yig`inlarni tassavur qilib bo`lmaydi. Mamlakatimizda do`ppini erkaklar, o`g`il bolalar, qizlar, kelinchaklar, yosh-u qari-barcha sevib kiyishadi. Do`ppi qadimdan o`zbek kashtachilik san`atining o`ziga xos go`zal turlaridan biri hisoblanadi. Do`ppilarning qachon paydo bo`lganligi, uning ilk ijodkori haqida birorbir aniq ma`lumot yo`q. Faqat eramizdan ming yillar avval Ahamoniylar davrida O`rta Osiyoda Sakatigruada degan qabila yashaganligi va bu atama tepasi cho`nqaygan bosh kiyim kiygan saklar degan ma`noni bildirganligi haqida tarixiy ma`lumotlar ma`lum. Demak, do`ppilar juda qadimgi bosh kiyimlardan biridir. Asrlar o`tishi bilan do`ppilarning shakli ham, ularni tayyorlash usullari ham o`zgarib, takomillashib borgan. Qadimdan Andijon, Marg`ilon, Chust, Qo`qon, Samarqand, Buxora, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent do`ppilari shakli jihatidan bir-biridan ajralib turgan. Do`ppilarning tuzilishiga qarab uni kiygan kishini qaysi hududdan ekanligini bilib olish ham mumkin.

    O`datda do`ppilar uch qismdan iborat bo`ladi: tepa qism, kizak qism, jiyak qism. Mana shu qismlarning tayyorlanish uslublari bir-biridan farq qiladi, Do`ppilar O`zbekistonning barcha tuman va viloyatlarida o`ziga xos texnologiya va uslublar asosida tayyorlanib, ko`pincha, shu joyning nomi bilan atalib kelinadi. Xalqimiz, ko`pincha, eng aziz va yaqin kishilariga bosh kiyimlar sovg`a qilishadi. Boshga kiyilgan do`ppilar esa birovga berilmaydi. Do`ppilar razmiy ma`noda ehtiyot qilinib, doimo ozoda va baland joyda avaylab saqlanadi.

    10-rasm. Kizak qism. 11-rasm. Jiyak qism

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turi: amaliy. Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari

    Download 2,88 Mb.