• III.Yangi mavzuni bayon qilish.
  • Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi




    Download 2,88 Mb.
    bet34/69
    Sana03.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #129770
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
    Bog'liq
    Hujjat (1)

    Fanlararo bog`lanish: texnika, texnologiya, matematika, informarika, fizika, iqtisodiy bilim asoslari va b.
    Dars jihozi: tarqatma mareriallar, kompyuter, proyektor, ekran, ishlab chiqarish sohalariga oid slaydlar, ko`rgazmalar va h.
    Darsning borishi;

    1. Tashkiliy qism.

    2. O`tilgan darsni so`rash va baholash:

    1. Xalq hunarmandchiligi turlarini ayting.

    2. Dizayn so`zining ma`nosini ayting.

    3. O`zbekistonda rivojlangan xalq hunarmandchilik turlari haqida gaprib bering.

    4. O`zbekistonda xalq hunarmandchiligi rivojlanishiga oid Prezident qarorlari haqida gapirib bering.

    III.Yangi mavzuni bayon qilish.
    Reja;

    1. O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari haqida.

    2. Moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog`i- sanoat haqida.

    3. Mehnat jarayonining zaruriy shartlari haqida.

    Insonlarning o`z ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy ne`matlar yaratish jarayoni ishlab chiqarish deb yuritiladi.
    Iqtisodchilar iqtisodiy ne`matlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni-ishlab chiqruvchilar, ularni iste`mol qiluvchilarni esa iste`molchilar deb ataydi. Ishlab chiqaruvchilar odatda, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga bo`linadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga sanoatdagi zavod va fabrikalarni, qishloq xo`jalidagi fermer va dehqon xo`jaliklarini misol qilib keltirish mumkin. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan yoki iste`molchilarga yetkazib beradigan hamma tarmoqlar kiradi. Sanoat, qishloq xo`jaligi va qurilish jamiyati uchun zarur ishlab chiqarish vositalari (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyimlar, poyabzal va hokazalar) yaratiladi. Yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatish bo`yicha aloqa, savdo, umumiy ovqatlanish, moddiytexnika ta`minoti tayyorlash va sotish hamda moddiy ishlab chiqarish sohasiga kirad, chunki bular mahsulotlarni yaratishda yordam beradi va ularning realizasiya qilinishini ta`minlaydi.
    Xalq xo`jaligining noishlab chiqarish sohasiga alohida ta`lim berish, tabbiy xizmat ko`rsatish, madaniy-maishiy xizmat ko`rsatish boshqarishni, boshqarish, rejalashtirish va boshqa ijtomoiy zarur vazifalarni amalga oshiradigan tarmoqlar kiradi.Bu soha kishilarning mehnat sharoitini, turmushini yaxshilab xalqning farovonligini yuksaltirishga katta ta`sir ko`rsatadi.
    O`zbekiston sanoati ishlab chiqarishi ko`p tarmoqli bo`lgan murakkab sohadir. U elektr energetikasi, yoqilg`i, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik va metallga ishlov berish, qurilish mareriallari, to`qimachilik, tikuvchilik va boshqa shu kabi tarmoqlardan iborat. Bular sanoatning ikki muhim tarkibiy qismini- og`ir va yengil sanoatni tashkil qiladi
    Og`ir sanoat tabiiy moddiy boyliklar (mineral xomashyo, neft, toshko`mir, gaz va
    h.) ni qazib olish va tayyorlash hamda ulardan turli xil buyumlar tayyorlash uchun ularni qayta ishlash bilan shug`ullanadi. Mamlakatimizda kon sanoati yer bag`ridagi juda boy rangli metal rudalar, tosh ko`mir, gaz, qurulish materiallari (ohak, marmar, granit, qum)ni qazib olish va qayta ishlash orqali xalq xo`jaligi uchun zarur mahsulot ish chiqarish bilan shullanadi.
    Sanoatning ikkinchi muhim tarkibiy qismi bo`lgan yengil sanoat qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan yetakchi tarmoq bo`lib, xalqning gazlama, kiyimkejak, poyabzalga bo`lgan ehtiyojini qondiradi. Mamlakatimizda yetishtiriladigan paxta, kanop, jun, teri vah. Mahsulotlarining asosiy qismi ana shu sanoatda qayta ishlanadi.Biroq, bu o`gir va yengil sanoat bir-biriga bog`liq bo`lmasdan, mustaqil rivojlanadi, degan gap emas, albatta. Og`ir sanoat ishlab chiqarish vositalari (turlituman yigirish, to`qish dastgohlari, tikish mashinalari va h) tayyorlab, yengil sanoatni tez sur`atlarda taraqqiy ettirish bilan birga o`zi ham rivojlanadi. Bundan tashqari yengil sanoat og`ir sanoat uchun xom ashyo bazasi bo`lib xizmat qiladi.
    Xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini zamonaviy texnika bilan ta`minlashni ilg`or mashinasozlik bazasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Chunki aynan mashinasozlikda ilmiy- texnika g`oyalar moddiy jihatdan ro`yabga chiqariladi, xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlaridagi belgilovchi yangi mehnat qurollari, mashinalar yaratiladi. Bu sohada resurslarni tejaydigan prinsipial yangi texnologiyalarga keng miqyosda o`tish, mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini oshirish uchun asos solinadi.
    Aholi uchun madaniy-maishiy va xo`jallikga mo`ljallangan xilma – xil tovarlarni tayyorlash bilan asosiy mahsulot chiqrishdan tashqari sanoatning istisnosiz barcha tarmoqlari shug`ullanadi. Qishloq xo`jaligi sanoati xom-ashyo bilan, aholini oziqovqat mahsulotlari bilan ta`minlaydi. U o`simlikshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, yem-xashak tayyorlash va h) hamda chorvachilik ( qora molchilik, qo`ychilik, parrandachilik, baliqchilik va h)ni o`z ichiga oladi.
    Qurulishning vazifasi ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turar joylar, yo`llar, kasalxonalar, maktablar va boshqa ob`ektlarni qurish hamda rekontruksiya qilishdir.
    T ransport- xalq xo`jaligi va aholining xilma –xil yuklarni tashish ehtiyojini uzluksiz hamda o`z vaqtida ta`minlaydi. Aloqa jamiyatning ishlab-chiqarish–xo`jalik faoliyatida, madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. U axboratlarning uzatilishini ta`minlaydi va pochta, telegraf, telefon, radio, televidenieni o`z ichiga oladi.
    Moddiy va ma`naviy ne`matlarni yaratish, xizmatlar ko`rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to`xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob`ektiv zaruriyatdir.
    Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo, uning ro`y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar bo`1mog`i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat`iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo`lgan uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo`lishi shart. Ishchi kuchi deb, insonning mehnat qilishga bo`lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig`indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo`lgan kishilar uchun xosdir.
    Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetiga ta`sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va b). Mehnat predmetlari esa bevosita ta`sir qiladigan, yani mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xomashyo vaboshqa turli materiallar).
    Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta`sir etish xususiyatiga ko`ra bir nechta katta guruhlarga bo`lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta`sir qiladi va bu ashyolar o`zining iste`mol uchun zarur bo`lgan shaklga kiritiladi.
    Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo`ljallangan mehnat vositalari (tizimlar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.
    Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to`la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo`llar va boshqalar misol bo`la oladi.
    Ma`lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarish uchun resurslar kerak bo`ladi. Ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar faqat manba, zahira sifatida emas, balki uni harakatga keltiruvchi, unga ta`sir etuvchi omil sifatida ham qaratiladi. Shu sababli ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarni boshqacha ishlab chiqarish omillari deb ham ataladi.Resurslar, odatda tabiiy, kapital va mehnat resurslariga bo`linadi.
    Tabiiy resurslarga havo, suv, quyoshdan kelayotgan issiqlik va yorug`lik, yer maydoni, yer osti va yer usti boyliklarni , o`simliklar va hayvonot dunyosi, xullas odamlar ehtiyoji uchun asqotadigan tabiatning barcha ne`matlari kiradi. Kapital resurslar deb inson tomonidan yaratilgan va boshqa mahsulot turlarini yaratishga jalb etiladigan resurslarga aytiladi.Ularga bino va inshootlar, asbob-uskunalar va mashina-uskuna va mashina-mexanizmlar, turli-tuman dastgohlar va jihozlar, xomashyolar va boshqalar kiradi. Mehnat resurslari deganda, mehnat qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish tajribasi va mehnat mahorati bilan birgalikda tushuniladi.


    Download 2,88 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi

    Download 2,88 Mb.