|
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
|
bet | 21/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Darsning borishi: I.Tashkiliy qism.
So`rash. O`tgan dars mavzusi yuzasidan savol-javob o`tkazish, Yangi pedogogik va axborot texnologiyalarini qo`llgan holda o`quvchilar bilimini nazorat qilish. O`quvchilarning bergan javoblarini umumlashtirib, yangi mavzu yuzasidan yo`lyo`riqlar berish.
Yangi mavzu bayoni.
Reja:
1.Mebellar uchun ishlatiladigan xamoshyo va boshqa materiallar.
2. Dastaning texnologik xaritasini tuzish va yasash.
1. Mebellar uchun xomashyo va boshqa materiallar. Har bir oilada turli xil mebellar bo`lib, ulardan inson o`z ehtiyoji uchun doimiy ravishda foydalanadi. Odatda bu mebellar yasalgan materialining turiga ko`ra farqlanadi, Sifatli xomashyo materiallardan yasalgan mebellardan uzoq vaqt foydalanish imkoniyati mavjud. Ikkinchi tomondan esa bu foydalanuvchining mebelni qanday ravishda tutishiga ham bog`liq.
Mebellar yasashda asosan yog`och materiallaridan foydalaniladi. Bilamizki, yog`och materiallari asosan ikki xil – ninabargli va yaproqli daraxt yog`chlaridan iborat.
Ninabargli daraxtlardan qarag`ayning fizik-mexanik xossalari juda yuqori bo`lib, qurilishda, ko`prik, kema, vagon, mashina va samalyotsozlikda hamda mebel sanoatida keng ishlatiladi. Tilog`och – qurilishda, yer osti inshoatlarida, vagonsozlikda , mebel va parket ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kedrning mehanik xossalari qora va oq qarag`ay orasida bo`lsada, chirishga chidamliligi jihatidan ulardan yuqori, rangi va teksturasi chiroyli. Qalam ishlab chiqarishda, duradgorlikda va mebelsozlikda ishlatiladi.
Yaproqli daraxtlardan eman yog`chining mustahkamligi va qattiqligi yuqori, chirishga chidamli, egila oladigan, teksturasi chiroyli, duradgorlik va mebelsozlikda, faner va parket ishlab chiqarishda, vagon, kema va mashinasozlikda ishlatiladi. Shumtol yog`ochining mustahkamligi va qayishqoqligi yuqori bo`lib, yaxshi egiladi, yorilmaydi va tabiiy guli emanga o`xshab ketadi. Mebelsozlikda faner (shpon) ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Oq qayin daraxtining po`stlog`i oqish, yupqaroq keksayganda qatlam-qatlam bo`lib yoriladi, shpon, faner, DSP, chang`i va mebel ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qoraqayin yog`ochining mustahkamligi yuqori, tabiiy guli chiroyli, lekin chirishga chidamsiz, yaxshi egiladi. Mebel, shpon, parket ishlab chiqarishda, musiqa asboblari va sport anjomlari tayyorlashda ishlatiladi. Zarang yog`ochining mexanik xossalari emandan yuqori, yaxshi pardozlanadi, tabiiy guli juda chiroyli, randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlashda va mashinasozlikda ishlatiladi. Qandag`och yog`ochi yumshoq, yengil, oson ishlanadi, namga chidamli, bo`yoqni yaxshi oladi, ishlov berish oson, lekin tez qurt yeydi, arzon mebellar, faner va taralar tayorlanadi. Tog` teragi yumshoq va yengil, namga chidamsiz, faner, gugurt, yashiq, tokorlik buyumlari, oddiy va arzon mebellar tayyorlanadi. Chinor yog`ochi pishiq, puxta, qattiq, ishlov berish qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi, randalangan faner, parket va qimmatbaho mebel tayyorlash mumkin. Nok yog`ochi mag`izsiz, qizg`ish-qo`ng`ir yoki pushti ranglarda bo`lib, qattiq va mo`rt, tabiiy guli juda chiroyli, faner va mebel tayyorlashda, pardozlash ishlarida ishlatiladi.
Yog`och xomashyosi hamma vaqt yuqori navli, sifatli, ishlatish uchun yaroqli bo`lavermaydi. Shuning uchun yog`och taxtalarga ishlov berishda ulardagi nuqsonlar: butoqlar, chirigan joylari, hashoratlar bilin shikastlangan qismi yoriqlar, kozlar, tabiiy rangini buzulishi, yog`ochning ustki qismining shikastlanishi, ichki qatlamning shilastlanishi, yog`och qoplamining chuqur shikastlanishi, yog`och qoplamining teshib chiqishi kabilar to`g`irlansa, yog`ochdan unumli foydalanish mumkin.
|
| |