• Yangi mavzu bayoni
  • Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi




    Download 2,88 Mb.
    bet17/69
    Sana03.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #129770
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
    Bog'liq
    Hujjat (1)

    Darsning borishi.

    1. Tashkiliy qism.

    2. So`rash. O`tilgan dars mavzusi yuzasidan savol-javob o`tkazish, Yangi pedagogik va axborot texnologiyalaring qo`llagan holda o`quvchilar bilimini nazorat qilish.O`quvchilarning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzu yuzasidan yo`l-yo`riqlar berish.


    1. Yangi mavzu bayoni

    Reja:

    1. Duradgorlik asboblaridan to`qmoq yasash bo`yicha umumiy tushuncha.

    2. To`qmoqni yasashga oid eskiz, texnologik xarita tuzish.

    1. Duradgorlik asboblaridan to`qmoq yasash bo`yicha umumiy tushuncha. Yog`och to`qmoqlar o`quvchilar ustaxonalarda tanishadigan dastlabki asboblardan biridir. Yog`och to`qmoqning qo`llanish sohasi juda keng: ular yupqa list metalga ishlov berishda ham, duradgorlik ishida ham (dastgoh va randalarni sozlashda, iskanalarni ishlatishda, detallarni yelimlab biriktirishda va h) juda kerakli asbobdir. Tunukasozlar va duradgorlar yog`och va plastmassadan qilingan kallak shakli va kattaligi har xil bo`lgan to`qmoqlardan foydalanadilar. O`quv ustaxonalari sharoitida bunday xilma-xillikga zarurat yo`q. Yog`och (plastmassa) to`qmoqlarining o`lchamlari o`quvchilarning yosh imkoniyatlariga bog`liq, shakli esa bajariladigan jarayon shartlari bilan belgilanadi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, metal va yog`och ishlari uchun o`quvchilar kallagi to`g`ri burchakli to`qmoqlardan foydalanishlari qulayroqdir. Duradgorlik ustaxonasida kallgi 120x60x35mm, 110x50x30mm o`lchamli yog`och to`qmoqlar kerak. Chilangarlik o`quv ustaxonalarida ham shunday to`qmoqlardan foydalanish mumkin. Ammo bu o`rinda kallagi plastmassa (tekstolit)dan tayyorlangan to`qmoqlar qulay. Ularning o`lchamlari yog`och to`qmoqnikidan kichikroq, kesimi taxminan 50x25mm, uzunligi 80-100mm. To`qmoqlarning gabarit uzunligi 250mm dan 300mm gacha oraliqda bo`lishi mumkin.
    Maktab o`quv ustaxonalarida to`qmoqlarni o`quvchilarning o`zlari tayyorlaydilar. Ishning eng qiyin qismi – kalllakda dasta uchun teshik ochishdir.Teshik bir yo`la yoki kallakning yarmigacha ochilishi mumkin. Bir yo`la ochilgan teshikda dasta pona va nagel yordamida , yarmigacha ochilgan teshikda pona va burama mix yordamida mahkamlanishi mumkin. Yopiq terishning chuqurligi 40-50 mm bo`1adi.Unga dasta quyidagicha mahkamlanadi: dastaning kallakka kiritiladigan uchida dioganal bo`yicha 35-40 mm chuqurlikda qiyin arralanadi. Unga yelim surtilgan pona burab kirgiziladi va dasta kallakka urib kiritiladi. Kallak yorilib ketishining oldini olish uchun dastaning kiritiladigan uchi teshikka nisbatan 1 mm ingichkaroq , qilinadi.Mazkur holatda butun og`irlik kallak to`qimalari bo`ylab tushadi. Bunday yo`nalishda yog`och katta pishshiqlikka ega bo`ladi.
    Dasta kallakka taqab kiritilgandan keyin kallakning yon tomonidan kichik teshik parmalanadi, zenkovka qilinadi va burama mixni dastaga kiritadigan qilib burab kiritadi.
    O`quvchlar tomonidan to`qmoqni tayyorlash ularga rejalash, arralash, randalash, parmalash ishlarini mashq qilish, oval teshik ochish usullridan biri bilan tanishish, bolg`a va to`qmoqlar uchun dastalar randalash ketma-ketligi, agel yordamida mahkamlash, iskana bilan ishlash usullari bilan tanishish imkonini beradi.
    O`quvchilar to`rtta mashg`ulotda to`qmoq tayyorlashga ulguradilar. Birinchi mashg`ulot eng murakkab va mas`ulyatli mashg`ulotdir. Bu mashg`ulotda o`quvchilar kallak tayyorlaydilar. Ish quyidagi izchillikda bajariladi: kesi kallak kesimiga teng bo`lgan bruslardan uzunligi 120 mm li zagotovkalar arralab olinadi.
    Keyin zagotovkada teshik markazlari belgilandi va ular parmalanadi. Ishning eng mas`ulyatli qismi- teshiklar o`rtasidagi perewmijkalarni iskana bilan qirqishdir. Bu mahsg`ulotlar davomida o`quvchilarda iskana bilan ishlash ko`nilmalari yanada shakillanadi.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi

    Download 2,88 Mb.