(1)2022 "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana28.12.2023
Hajmi1,37 Mb.
#128878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PА#2.2022 158-164

1(1)2022 "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali
 
159
-bioanaloglar bakteriyalar, viruslar asosida 
o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi sistemalarni ishlab 
chiqarish 
-organizmga kiritish uchun robot-vrachlarni 
hosil qilish (hujayra tartibida genetik va fiziologik 
kamchiliklarni bartaraf etish). 
-nanomashinalar, 
nanorobotlar 
ishlab 
chiqarish. 
Kabi juda murakkab bo‘lgan muammolarni hal 
etishga zamonaviy va ishonchli imkoniyatlarni 
beradi 
1985-yilda Robert Kerl, Garol’d Kroto va 
Richard Smolli tasodifiy ravishda printsipial 
ravishda yangi uglerod birikmasi bo‘lgan fullerenni 
ochishdi. Fullerenning ajoyib xususiyatlari bir qator 
tadqiqotchilarni jalb etdi. 1996-yilda fullerenni 
kashf etganlar Nobel mukofoti sovrindorlari 
bo‘lishdi. 
Fulleren molekulasining asosi ugleroddir. 
Uglerod- ajoyib kimyoviy element bo‘lib, u 
ko‘pgina kimyoviy elementlar bilan bog‘lanib, turli 
tarkib va tuzulishga ega bo‘lgan molekulalarni hosil 
qila olish xususiyatiga egadir. 
Maktab kimyo kursidan ma’lumki, uglerod 
ikkita asosiy allotrop holatiga ega. Bular: grafit va 
olmos. Fulleren ochilishi bilan uglerod yana bir 
allotrop holatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Grafit, 
olmos va fulleren molekulalarining strukturasini 
ko‘ramiz. 
Grafit qatlamli strukturaga ega. Uning har bir 
qatlami bir- biri bilan kovalent bog‘langan to‘g‘ri 
olti burchaklarni hosil qiluvchi uglerod atomlaridan 
iborat. Qo‘shni qatlamlar bir- birini Van-der- Vaals 
kuchlari bilan ushlab turadi. Shuning uchun ular 
bir-biriga nisbatan erkin sirpanadi. Bunga oddiy 
misol qalam. Grafit sterjenni qog‘oz ustida 
yurg‘izsak, qatlamlar sekin bir-biridan ajralib, 
qog‘ozda iz qoldiradi. 
Olmos uch o‘lchovli tetraedrik strukturaga 
ega. Har bir uglerod atomi qolgan to‘rttasi bilan 
kovalent bog‘langan. Kristall panjaradagi barcha 
atomlar bir-biridan bir xil masofoda(154nm) 
joylashgan. Ularning har biri boshqalari bilan 
to‘g‘ri kovalent aloqa bilan bog‘langan bo‘lib, 
kristallda bitta gigant makromolekulani hosil qiladi. 
“C-C” kovalent bog‘lanishlarning katta 
energiyaga ega ekanligidan olmos o‘ta mustahkam 
bo‘lib, nafaqat qimmatbaho tosh sifatida, balki 
metall kesuvchi asboblar uchun ham xom ashyo 
sifatida ishlatiladi. 

Download 1,37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



(1)2022 "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali

Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish