|
Xalqaro ilmiy-metodik jurnalBog'liq PА#2.2022 158-164
158
Hozirgi zamon nanotexnologiyalarining bir
qator yo‘nalishlari bo‘lib, ular quyidagi sohalarga
ajratishimiz mumkin:
1. Molekulyar dizayn, kuchli bir jinsli
bo‘lmagan elektromagnit maydonlarda yangi
molekulalarning sintezi.
2.
Nanomateriallar,
Nuqsonsiz
yuqori
mustahkamlikka ega materiallar yaratish, yuqori
o‘tkazuvchanlikka ega materiallar hosil qilish.
3.
Nanoasbobsozlik,
tunnel,
atom
mikroskoplari,
magnit-kuch
mikroskoplari,
molekulyar
dizayn
uchun
sistemalar,
nanoo‘lchamlardagi
o‘ta
sezgir
datchiklar,
nanorobotlar ishlab chiqarish.
4. Nanoelektronika, EHMlari uchun keyingi
avlod elemetrlar bazasini: nanoo‘tkazgichlar,
maydon tranzistori, displey va akustik sistemalari
ishlab chiqarish.
5. Nanooptika, nanolazerlar ishlab chiqarish.
6.
Nanokataliz,
nanostrukturaga
ega
katalizatorlar ishlab chiqarish.
7. Nanomeditsina, viruslarni yo‘qotish uchun
nanoqurollar ishlab chiqarish, organlarni lokal
tekshirish uchun va yuqori aniqlikda dori
vositalarini tirik organizmning ma’lum joyiga
yetkazish uchun nanojihozlar ishlab chiqarish.
8.
Boshqariladigan
yadro
reaksiyalari,
zarrachalarning
nanotezlatgichlari,
nostatistik
yadro reaksiyalari.
Fizika nisbatan uzoq tarixiy yо’lni bosib о’tdi.
Fizika fani yutuqlarining amaliyotga joriy etilishi
fanda fizika texnologiyasining shakllanishiga asos
bo‘ldi.
Nanotexnologiyalar-bu
eng
yuqori
texnologiyalar bo‘lib, ularni rivojlantirishga
iqtisodiy rivojlangan davlatlar mlrd.lab pullarni sarf
qilmoqda. Olimlarning taxminlariga ko‘ra ularni
rivojlanishi yozuv, bug‘ mashinasi va elektr
energiyasidan ham ko‘proq insoniyat hayotini
o‘zgartiradi.
Nanotexnologiyalar XXI asr texnologiyasi
bo‘lib, uglerod nanotrubkalar aosida katta
natijalarga
erishish
mumkin.
Bu
natijalar
elektronika va texnikada, meditsinada, kimyoviy
texnologiyalarda
qo‘llanish
perspektivalarini
ochadi.
Fizikadan maruza mashg‘ulotlarini o‘qitishda
zamonaviy
nanotexnologiyalarning
ishlab
chiqilishi va ularning qo‘llanilishi haqidagi
tasavvurlarni
shakillantirib
borsak
talaba
yoshlarning
nanotexnologiyalarga
oid
kompetensiyalarni shakillantirgan bo‘lamiz.
Hozirgi vaqtda nanotexnologiyalarning juda
jadal rivojlanib borishini quyidagi sohalarda
kuzatishimiz mumkin:
• nanobatareya va superkondinsatorlar;
• kvant kompyuterlari va neyro-kompyuter
interfeysi;
• nanorobotlar yoxud assemblerlar;
• nanotibbiyot va tibbiyotda tashxis qo‘yish
kabi sohalardagi nanotexnologiyalarni yanada
rivojlantirib borish maqsadida nanota’limni ham
intellektual taraqqiyotning eng muhim shartlaridan
biri ekanligini inobatga olishimiz va bu sohadagi
kadrlarni tayyorlashni umumta’lim maktablaridan
shakillantirib kelishimiz kerak. Shuningdek, fizik
va kimyoviy o‘zaro ta’sir tabiatining o‘zgarishi
nanoo‘lchov
diapazonida
sodir
bo‘lishini
ko‘rsatishga harakat qiladi va bu aynan kattalik
shkalasining xuddi shu qismida sodir bo‘ladi.
Nanotexnologiya
sohasida
juda
katta
yutuqlarga erishgan yevropa mamlakatlarining
ta’lim tizimiga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak,
maktab o‘quvchilariga o‘tiladigan tabiiy (fizika,
kimyo, biologiya) fanlar tarkibiga nanotexnologiya
haqidagi tushunchalar berib boriladi. Shuning
uchun
nanotexnologiya
sohasidagi
kadrlarni
tayyorlashni umumta’lim maktablaridan boshlab
shakillantirib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Albatta, hozirgi kunda nanotexnologiyalar fanini
alohida fan sifatida o‘qitish ancha murakkab
masaladir. Chunki, bu predmetlarni o‘zlashtirish
uchun ta’lim oluvchi o‘quvchilarimiz fizika,
kimyo, biologiya fanlaridan yetarli darajada
bilimga ega bo‘lishlari, hamda bu sohada yuqori
malakali o‘qituvchilarni tayyorlashimiz zarur
bo‘ladi. Shuning uchun oliy ta’limning bakalaviriat
bosqichlarida nanotexnologiyalar fanini alohida fan
sifatida
tashkil
etish
va
talabalarning
nanotexnologiyalar va ularning qo‘llanilishiga oid
kompetensiyalarni shakillantirish zarur.
Nanotexnologiyalar
insoniyatga
yangi
imkoniyatlarni ochib berishi mumkin:
-atomar va molekulyar tartibidagi yangi ishlab
chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish;
-molekulyar strukturasi o‘zgargan qattiq jism
va sirtlarni (material va plyonkalar) ishlab
chiqariladi. Bunga asosan o‘ta mustahkam metallar,
gazlama va plastmassa;
-yangi
kimyoviy
moddalarni
kimyoviy
reaksiyalarsiz olish, ya’ni molekulalarni terib
chiqish vositasida;
-mantiqiy
nanoelementlar
va
nanokompyuterlar ishlab chiqarish (o‘lchamlarini
kichraytirish
va
kompyuterlarning
hisoblash
quvvatini oshirish) va yangi tipdagi o‘ta
o‘tkazgichlar (o‘ta sovuq)ni hosil qilish;
-oqsil molekulalarida hisoblash qurilmalarini
yaratish;
-tirik organizmlarning (o‘simlik va hayvonlar)
sun’iy analoglarini yaratish;
|
| |