|
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi
|
bet | 11/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi peHARAKATLAR STRATEGIYASI – bu mamlakatimizda keng ko‘lamda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning HARAKATLAR STRATEGIYASI quyidagi beshta ustuvor yo‘nalishlardan iborat:
1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
5. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
Ushbu Harakatlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlari o‘ziga xos maqsad-mazmuniga ko‘ra tegishli bandlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Jumladan, “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan birinchi yo‘nalish 3 ta, ya’ni “Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish”, “Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish” va “Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish” bandlaridan iborat.
Harakatlar strategiyasining ikkinchi “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan yo‘nalishi 6 ta banddan, ya’ni 2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish, 2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, 2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish, 2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, 2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash ва 2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish бандларидан иборат.
Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlanadi va u 5 ta banddan iborat, ya’ni ular quyidagilar:
1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish;
2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish;
3. Qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish;
4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;
5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish бандларидан иборат.
Keyingi to‘rtinchi asosiy yo‘nalish “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlanadi va bu yo‘nalish ham 5 ta banddan iborat.
Ushbu yo‘nalish “Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish”, “Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish”, “Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizasiya qilish”, “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” va beshinchisi “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” nomli bandlarni tashkil etadi.
Navbatdagi beshinchi asosiy yo‘nalish “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” deb nomlanadi va u ikki banddan, ya’ni 5.1. “Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” va 5.2. “Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” dan iborat.
|
| |