Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari




Download 5,55 Mb.
bet13/150
Sana27.05.2024
Hajmi5,55 Mb.
#255011
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150
Bog'liq
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

1. 3. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyatining ijtimoiy – iqtisodiy, manaviy – madaniy rivojlantirishning ustivor soxasi ekanligi ta’lim isloxiyatini pedagogik ta’lim mazmunini o‘zgartirishdan boshlashni taqazo etadi. Soxani har tomonlama rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri Respublika bo‘yicha ta’limning zamonaviy mushtarak tizimini yaratish va uni takomillashtirishdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g‘oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan.Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, uning shahni, obro‘si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud istehdodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardayoq Respublikada ta’limni tashkil etish sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada takomillashtirish va jahon ta’limi darajasiga ko‘tarish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari hamda ta’limning O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuivor yo‘nalish deb e’lon qilinganligi bilan belgilanadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
- ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
- ta’lim sohasidagi kamsitishlarga yo‘l qo‘ymasligi;
- ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
- ta’lim va tarbiyaga milliy va umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
- Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
- ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
- o‘n bir yillik ta’limning hamma olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
- davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi.

Download 5,55 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari

Download 5,55 Mb.