|
Pedagogika fanlari tizimi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
|
bet | 20/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe2. 4. Pedagogika fanlari tizimi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
Pedagogika yosh avlod tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tus olgan.
Pedagogika fani obyekti yil sayin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimlari deb ataladi. Hozirgi vaqtda pedagogika bir necha tarmoqlarga bo‘lingan. Jumladan, umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug‘ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma’rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o‘rganadi), hunar-texnika ta’limi pedagogikasi, harbiy pedagogika kabi tizim tarmoqlari mavjud.
Pedagogika faqat sog‘lom o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilangina emas, balki kamolotda qusuri bor bolalar ta’lim-tarbiyasini ham o‘rganadi. Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika deb yuritiladi. Maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish), lagapediya (tili yassi, tili chuchuk bolalarni o‘qitib tarbiyalaydigan pedagogika), tiflo pedagogika (ko‘r va yaxshi ko‘rmaydigan bolalarni tarbiyalash), surdo pedagogika (kar va go‘ng bolalarni o‘qitish va tarbiyalash) kabi fanlar kiradi.
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma’lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo‘ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi va o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli pedagogika fani falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, va sotsiologiya, axloqshunoslik va nafosatshunoslik kabi falar bilan uzviy aloqadadir.
Avvalo har bir o‘quvchi, o‘qituvchi-murabbiy o‘z ona yurti tarixini bilishi, uni sevishi, vatanparvar bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o‘tmishdagi taraqqiysini bilmoq kerak.
O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarga bilim berish, ma’lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta’sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. YA’ni, ko‘rsatilayotgan ta’sirning samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur- fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta’sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiolagiya kabi fanlar bilan uzviy bog‘langandir.
Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, hozirgi ta’lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va taraqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi, ta’lim va tarbiyaning obyektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo‘ladi.
2. 5. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari.
Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, blish yo‘llari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz. Boshqa fanlar qatorida pedagogika fani ham o‘z tadqiqot obyektiga va ilmiy tadqiqot metodlariga ega.
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to‘la yaratilgan, hal etilgan emas.
Ilmiy tadqiqot pedagogika fanini ham takomillashtirib borishga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to‘g‘ri hal etish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi. Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy-tadqiqot usullariga tayanib fikr yuritish mumkin:
1) Kuzatish usuli; 2) suhbat usuli; 3) Adabiyotlar bilan ishlash usuli; 4) Test, so‘rovnomalar usuli; 5) Maktab hujjatlarini o‘rganish; 6) Eksperiment, sinov usuli; 7) Matematik metod; 8) Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish usullari; Kuzatish - o‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsad nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid bo‘lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish aniq belgilangan reja asosida olib boriladi. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig‘ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o‘quvchilarning tabiiy faoliyatlarini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi hamda ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar ta’siri natijasida pedagogika fani mazmunining boyishiga sabab bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka hamda guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo‘llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qullaniladi.
Suhbat olib borishda tadqiqotchi quyidagilarga e’tibor berish kerak:
Suhbat uchun oldindan savol tuzish.
Vaqti va o‘tkazish joyini belgilash.
Suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish.
Suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish va maktab hayotiga tadbiq qilish pedagogik jihatdan qimmatlidir.
|
| |