|
Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar
|
bet | 23/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe3. 2. Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar.
Pedagogika shaxsning kamolotga etishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning shaklanishi, kamolga etishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o‘zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.
1- rasm
Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o‘sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand bo‘ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo‘lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko‘rsatadi va aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o‘z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.
Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada u shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, rivojlanishga ta'sir etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo‘ladi, ya'ni kishi ijobiy va salbiy ta'sirlar natijasida kamolga etadi. Albatta ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishiga samarali ta'sir ko‘rsatadi. Xususan, pedagog-tarbiyachilar bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko‘rsatishini bilishi lozim.
3. 3. Inson kamolotida irsiyat va muhitning ta'siri.
Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil (irsiyat) ga bog‘liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o‘tadigan biologik xususiyat va o‘xshashliklar tushuniladi. Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog‘lab o‘rganuvchi oqimlardan biri bixeviorizm bo‘lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi. Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o‘tadi, guyo odamning ko‘zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir.
G‘arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern yangi tug‘ilgan bola hali inson emas, deb hisoblaydi. U faqat sut emizuvchi hayvondir. Yarim yoshdan oshgandan so‘ng u maymunga tenglashadi. Ikki yoshida bola boshlang‘ich insonlik holatiga etadi (yuradi, gapiradi). Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning ruhiy hususiyatlari ibtidoiy davr odamlari xususiyatlariga mos keladi. O‘smirlik yillarida kishi o‘zida o‘rta asr ongini aks ettiradi va etuklik yoshidagina mavjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo‘ladi, deydi. Ya'ni, inson 17-18 yoshida mavjud jamiyatning ya'zosi bo‘ladi deb hisoblaydi.
Avstriyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning axloqiy jihatdan o‘sishini ham irsiyatga bog‘laydi. Bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab o‘zini o‘rab olgan muhitning ta'siri ostida o‘sadi, ulg‘ayadi. Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. Ularning fikricha, insonning kamoloti ikki omilga-irsiyat va ijtimoiy muhitga bog‘liqdir. Irsiyat o‘zgarmaydi, ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun o‘zgarmasdir. Irsiyat bor va biologik omillarni inkor etolmaymiz. Lekin irsiyatni mutlaqo o‘zgarmas deb ham tushunmaslik kerak. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga irsiyatning ta'siri deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o‘xshashlikni ifodalovchi biologik belgilar va fiziologik xususiyatlarning takrorlanishini tushunmoq kerak.
Inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va rivojlanish manbai - layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat o‘z holicha emas, balki uning rivojlanishi uchun qulay muhit ta'sirida zarur. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig‘indisini tushunamiz. Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi va ular bolalarning rivojlanishiga alohida ta'sir ko‘rsatadi.
Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa, yo‘q bo‘lib ketishi ham mumkin. Kishilarning o‘zaro muloqotlari natijasida bolada nutq paydo bo‘ladi, shakllanadi. Boladagi irsiy belgilarning o‘sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko‘rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo‘lmaydi. Demak, inson biologik mavjudot sifatidagina emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham taraqqiy etadi.
Odob, axloq, xulqiy sifatlar - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta'siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi.
3. 4. Shaxsni kamol toptirishda ta'lim-tarbiya va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi.
Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o‘tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha tarbiya muassasalarida, keyinchalik maktab, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi va oliy maktabda ta'lim-tarbiya oladi. Shu sababli inson kamolotida ta'lim va tarbiyaning etakchilik qilishiga imkon berish darkor. Ta'lim va tarbiya jarayonida kishi organizmining o‘sishi va muhitning stixiyali ta'siri Bera olmaydigan narsalarini o‘rganib oladi. Masalan, bola o‘z ona tilini atrofni o‘rab turgan muhitning ta'sirida o‘rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish va yozishni maxsus ta'lim -tarbiya yo‘li bilangina o‘rganadi, mehnat va kasb egallash ko‘nikma va malakalari faqat ta'lim jarayonida egallanadi.
Ta'lim-tarbiya yordamida kishining ba'zi tug‘ma kamchiliklarni ham kerakli tomonga o‘zgartirish, shuningdek, muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan kamchiliklarni ham tugatish mumkin (bolalarning karta o‘ynashi, qo‘pollik, so‘kish, papiros chekishlari va h.k.).
Ta'lim jarayonida bolada bilimlar, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘libgina qolmay, balki ilmiy dunyoqarash ham shakllanadi. Xullas, bizning asosiy va eng muhim vazifamiz, bolalarning qobiliyat va iste'dodlarini o‘z vaqtida payqab olish va ularning kamol topishlari uchun qulay sharoit, ta'lim-tarbiya berishdir.
Tarbiya va rivojlanishning o‘zaro bir-biriga ta'siri va munosabatlari mavjud, chunki qaerda tarbiya jarayoni muammolari to‘g‘ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta'sir ko‘rsatadi. Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta'minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatdan rivojlantiruvchi omil bo‘lmog‘i uchun tarbiyalanuvchi jamiyatning tarbiya oldiga qo‘ygan talablarini, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning etakchi rolini e'tirof etish bilan birga ularning o‘zaro bir-biriga ta'sirini tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo‘lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda muhim. Ma'lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o‘quvchi-talabalarning har birining o‘ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud. Bu o‘ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati o‘qituvchining har xil yoshdagi bolalar o‘rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog‘liqdir. Shunday ekan, tarbiyachi, pedagog maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida ta'lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi talabalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim.
Demak, bizning asosiy va eng muhim vazifamiz, bolalarning qobiliyat va iste'dodlarini o‘z vaqtida payqab olish va ularning kamol topishlari uchun qulay sharoit, ta'lim-tarbiya berishdir.
|
| |