|
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar
|
bet | 65/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi peAbu Abdulloh al-Xorazmiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.
Muhammad al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda ilm-fanning muhim ahamiyati to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan.
Alloma o‘zigacha bo‘lgan ilmiy bilimlarning asosiy g‘oyalari, metodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni o‘rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e’tiborni qaratdi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to‘plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malakalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val muqobala» asarida olimlarni uch guruhga bo‘lib, shunday yozadi: «Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o‘zib ketadi va uni o‘zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. Boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo‘lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to‘playdigan odam bo‘lib, u o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi».
Muhammad al-Xorazmiyning bu fikrlari bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa; ikkinchi tomondan, o‘sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o‘qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko‘rsatadi.
Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi «Hind arifmetikasi xaqida kitob» bo‘lib, ular o‘nlik sistemasi raqamlariga bag‘ishlangan.
Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi. Shuningdek olim «Yer satxini o‘lchash», «Quyosh soati to‘g‘risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» kabi asarlari bilan fan soxasiga juda katta hissa qo‘shdi.
Bular ma’rifiy-tarbiyashunoslik jixatidan ham xozirgi kunda axamiyatga molikdir.
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo‘shdi. U birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
Xulosa qilib aytganda, al-Xorazmiy yevropa va sharqda falaqiyot va matematika soxasida yangi davr ochdi. Hindlarning o‘nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiyning falakiyot va geodeziyaga oid kuzatishlari, geografiyaga oid asarlari, u chizgan yer xaritasi ham sharq va g‘arb olimlari uchun tekshirish, kuzatish ishlarini olib borishda muxim qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.
Xullas, al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari, ilm-fanga ko‘shgan xissasi bilan insonni akliy kamolga yetkazishda, ta’lim-tarbiyada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk allomadir.
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko‘rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi.
Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi. U birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. Alloma ilmiy faoliyatining metodologik jihatlariga katta ahamiyat berdi.
|
| |