A.N.Forobiyning asarlarida pedagogik fikrlar




Download 5,55 Mb.
bet66/150
Sana27.05.2024
Hajmi5,55 Mb.
#255011
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150
Bog'liq
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

A.N.Forobiyning asarlarida pedagogik fikrlar.
Abu Nasr Forobiy hijriy 260-yil (milodiy 873-yil)da Shosh - Toshkentga yaqin Forob (O‘tror) degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Forobda boshlang‘ich ta’limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqandda ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag‘dodga turli tomonlardan kelgan olimlar yig‘ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag‘dodga jo‘naydi. Bag‘dodda Forobiy turli fan sohalarini o‘rganadi. Masalan, unga yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Haylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag‘doda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoshk, poetika bilan shug‘ullandi, turli tillarni o‘rgandi.
Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi.
Abu Nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asar yaratganligini qayd etadilar.
Forobiy taxminan 941-yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog‘da qorovul bo‘lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. 943-967-yillari esa Halabda yashaydi. 949-950-yillarida
Misrda ham bo‘lgan. So‘ng yana Damashqqa qaytib, shu yerda 950-yili vafot etgan. Damashqdagi «Bob as-sag‘ir» qabristoniga dafn qilingan. Abu Nasr Forobiy ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olim. U tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilim- larning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o‘zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilim- larning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt- saodatga erishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi.
Forobiy odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo‘ladi. Bunda u kishilarning diniy mansabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xusu- siyatlari, qobiliyatlari, iqtidori, bilim ko‘mkmalariga e’tibor berish zarur, deydi. U o‘zning «Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, deb yozadi. Bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritiladi. Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim, deydi; ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo‘lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko‘ra olishi, boshqalarga g‘amxo‘r bo‘lishi lozim deydi.
Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyada nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi - «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asrlarida allomaning ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari ifoda topgan.
Forobiy ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni bo‘rligini alohida ta’kidlaydi.
Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr yuritadi. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat, o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi. Uning fikricha, tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o‘qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhum. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o‘zicha bila olmaydi. Unga o‘qituvchi lozim.
Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’limni - insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - muayyan hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan axloq normalari va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim.
Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi o‘rganishdir.
Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq-odobda ham qay darajada pok bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Bunga xulq-axloqni faqat so‘zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shun­day so‘ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo‘lini tushunib olishga bosh- lovchi (notiq - so‘zlovchi, fikrlash ma’nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur.
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo‘lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko‘pchilik manfaatini yuqori qo‘yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushunadi. Ammo bu xislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimi, ma’rifatli bo‘lishidir. Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog‘liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagina emas, balki kishilar aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko‘ramiz. Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta’limotda mantiq (logika) ilmi muhim o‘rin tutadi, deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o‘rtasidagi mushtaraklikni qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir; grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo‘lga yo‘naltirib turadi, deydi.
Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim - tarbiya ishlarini ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasiga kelganda, bu odat ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi — qanoatbaxsh, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malaka vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo‘l (yoki usul) - majbur etish yo‘li. Bu usul gapga ko‘nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki ular o‘z istaklaricha so‘z bilan g‘ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o‘rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo‘ladi. Kasb- hunarlarni, san’atni egallashga intilish bo‘lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad - ularni ijobiy fazilat egasi qilib, san’at ahllariga aylantirishdir.
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko‘zlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o‘z mohiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi turadi.



Download 5,55 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A.N.Forobiyning asarlarida pedagogik fikrlar

Download 5,55 Mb.