Xalqaro mehnat taqsimoti: milliy iqtisodiyot uchun imkoniyatlar va risklar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism




Download 128.5 Kb.
bet6/8
Sana30.03.2023
Hajmi128.5 Kb.
#47773
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyot uchun imkoniyatlar va risklar
мақола 2, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY NAZARIY ASOSLARI, TA`LIM JARAYONIDA TA`LIM OLUVCHI SHAXSI, O`QITISHNING IJODIY-TADQIQOT USULLARI, 11-sinf-informatika-testlar-1
Embargo davlat tomonidan ayrim tovarlar, xizmatlar, valyuta yoki boshqa boyliklarni mamlakatga keltirish yoki boshqa mamlakatlarga chiqarishni ta`qiqlab qo`yishdir.
Tarif usuli deganda, asosan, boj tarifi va boj tariflari to`plamini qo`llash tushuniladi. Bu usul bilan, eng avvalo, davlat xazinasiga mablag` tushiriladi, eksport va import tovarlarining harakati muvofiqlashtiriladi.
Tarifsiz chora-tadbirlarning ayrimlari iqtisodiy aloqalarni tartibga solish bilan bevosita bog`lanmagan, ammo baribir, tashqi savdoga jiddiy ta`sir o`tkazadi.
Tartibga solishning tarifsiz usullari mohiyatiga ko`ra ma`muriy bo`lib, u birinchi galda iqtisodiy faoliyat to`g`risida tezkor va ishonchli axborotlar bo`lishi kerakligini nazarda tutadi. Tartibga solishning tarifsiz usullari davlatning savdo balansi va fiskal maqsadlarini belgilash imkonini beradi.
Bojxona to`lovlari faqatgina xazinani to`ldirish maqsadida qo`llanilmay, balki ichki iste`mol bozorini va ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy himoyalash vazifalarini ham bajaradi. Masalan, O`zbekistonning iqlim sharoitida poliz mahsulotlari juda sifatli va vitaminlarga boy. Bunday sharoitda chetdan, aytaylik, pomidor import qilishning hech ham xojati yo`q. Lekin ayrim savdogarlar uchun sifatsiz arzon tomat soki yoki pastasini (ketchup) chetdan olib kelish foydali bo`lib tuyuladi. Buning oldini olish uchun import qilinadigan ana shunday mahsulotlar uchun import bojidan tashqari aktsiz solig`i ham joriy etiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarga hamda uning xalqaro maydondagi mavqeiga mos tushishi lozim. Ana shundagina tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat tomonidan tartibga solish vazifalari va uning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash samarali hal etilishi mumkin.
4.Xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zaruriyati vaasosiy yo`nalishlari
Xalqaro iqtisodiy aloqalar o`zmazmun-mohiyatiga ko`ra har qanday davlat iqtisodiyotining barqarorligi varivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatuvchi omilga aylanib qoldi. Shuning uchunxo`jalik aloqalarini xalqaro miqyosda integratsiyalashuvini kengaytirish vachuqurlashtirishga berilayotgan e`tibor tabora kuchayibbormoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni taraqqiy ettirish mustaqil rivojlanishyo`liga o`tgan respublikamiz uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sobiq Ittifoqtarkibida bo`lgan vaqtda O`zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishdaaloqa qilish imkoniyatidan mahrum edi. Xo`jalik yuritishning yopiq sharoitidamamlakatga chet el sarmoyalarini jalb qilish to`g`risida faqat orzu qilishmumkin edi xolos. Ishchi kuchining xalqaro miqyosda migratsiyasi mutlaqorivojlanmagan edi. Shuning uchun o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar eng qisqa muddatlardaO`zbekistonning jahon xo`jalik tizimiga teng huquqli a`zo bo`lib kirishi vabarcha mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli hamkorlik qilishini ta`minlashgaqaratilgan.
Bu bir tomondan yangi texnologiyalarni,boshqarish tajribasi va bilimlarni, xorijiy sarmoyalarni mamlakatimizga olibkirilishini ta`minlasa, ikkinchi tomondan, O`zbekistonning boy tabiiy resurslariva ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishgako`maklashadi.
Jahonning 40 dan ortiq yirik davlatlariqatorida xomashyoning katta zahiralariga, sanoat va qishloq xo`jalik ishlabchiqarishining rivojlangan tarmoqlariga, shuningdek, shakllangan ishchi kuchigaega bo`lgan mamlakatimizning jahonbozoridagi dastlabki qadamlari o`zining samarasini beraboshladi.
XX asrning so`nggi yillarida jahonningetakchi mamlakatlari iqtisodiyotidagi tub sifat o`zgarishlarining kuchayibborishi xalqaro munosabatlarning hozirgi bosqichida quyidagi xususiyatlarnibelgilab beradi.
Birinchidan, xalqaro ayirboshlashning tarkibiy tuzilishi sezilarli darajadao`zgardi: mamlakatlar mahsulotlar ayirboshlashdan tashqari turli xil xizmatlar,moliya kapitali, ishchi kuchi, fan-texnika axborotlari, yangi texnologiyalar,boshqaruv usullari va boshqalar bilan faol savdo-sotiq olib borishgao`tdilar.

Download 128.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 128.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro mehnat taqsimoti: milliy iqtisodiyot uchun imkoniyatlar va risklar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism

Download 128.5 Kb.