• O‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlar (II kategoriya)
  • Og‘ir jismoniy ishlar (III kategoriya)
  • Xavflarni o’rganish tartibi




    Download 14.31 Kb.
    bet2/6
    Sana24.01.2023
    Hajmi14.31 Kb.
    #39190
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Xavflarni o’rganish tartibi-hozir.org

    Engil jismoniy ishlar

    (I kategoriya)
    o‘tirib, tik turib yoki yurish bilan bog‘liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo‘riqish yoki yuklarni ko‘tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.S) ni tashkil etadi. Bunga radio qisimlarini yig‘ish korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.


    O‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlar

    (II kategoriya)
    soatiga 150-250 kkal (172-293 J.S) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og‘ir bo‘lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Masalan, mexanik-yig‘uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir


    Og‘ir jismoniy ishlar

    (III kategoriya)
    muntazam jismoniy zo‘riqish xususan og‘ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko‘tarish bilan bog‘liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 J.S) dan yuqori bo‘ladi. Bunday ishlar temirchilik, quyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi.
    Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari
    Tavakkal - xavflarni son jihatdan baxolashdir. Sonli baxolash - u yoki bu ko’ngilsiz oqibatlar sonining ma’lum davr ichida bo’lishi mumkin bo’lgan soniga nisbatidir. Tavakkalni aniqlash mobaynida oqibatning sinfini ko’rsatish muximdir, ya’ni nimaning tavakkali degan savolga javob berish kerak. Rasmiy ravishda tavakkal - bu tez-tez takrorlanishdir. Bunday olganda bu tushunchalarni xavfsizlik muammolariga nisbatan qo’llanilganda ular orasida ancha farq bordir. Tavakkal muammolarining boshqa jixatlarini o’rganishdan oldin quyidagi misollarni keltiramiz.


    1-misol. Bir yilda MDXda ishlab chiqarishida bo’ladigan inson o’lish tavakkalini aniqlang, agar xar yili 14000 odam o’lsa, o’rtacha ishlaydiganlarning soni 138 million bo’lsa:
    demak ishlab chiqarishda bo’ladigan inson o’lish tavakkali - 10-4 teng.


    2-misol. Xar yili mamlakatda tabiiy bo’lmagan o’limdan tashqari xar xil xavflar oqibatida 500 ming kishi o’lsa, mamlakat axolisi 300 mln. bo’lsa, mamlakatda xavflar natijasida bo’ladigan axoli o’lish tavakkali quyidagicha aniqlanadi:


    Download 14.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 14.31 Kb.