• Ergonomika, har qanday fan kabi, quyidagilar bilan tavsiflanadi
  • Ishlab chiqarish ergonomikasi




    Download 14.31 Kb.
    bet3/6
    Sana24.01.2023
    Hajmi14.31 Kb.
    #39190
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Xavflarni o’rganish tartibi-hozir.org

    Ishlab chiqarish ergonomikasi.
    - Ergonomika haqida tushuncha.
    - Ergonomikaning ishlab chiqarishdagi o’rni.
    - Ishlab chiqarishda yechiladigan ergonomik vazifalar.
    - Mehnat xavfsizligining ergonomik asoslari.

    Ergonomika (yunoncha: — ish, mehnat va — qonun) — kishi (kishilar guruhi)ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bogʻliq holda kompleks oʻrganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining oʻzaro taʼsiri va aloqalarini tadqiq etadi.
    Bu sohada birinchi keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik amaliyetchimuhandis va menejer, ilmiy boshqarish maktabi asoschisi U.F.Teylor tomonidan bajarildi.


    Ergonomika ishlab chiqarishning amaliyot ehtiyojlari taʼsirida, korxonalar faoliyatida inson omili rolining ortib borishi, fan-texnika taraqqiyoti natijasida ilmiy-amaliy fan sifatida paydo boʻldi.
    Eksperimental psixologiya, fiziologiya va mehnat gigiyenasi taʼsirida shakllandi; tibbiyot, biologiya, biomexanika, antropometriya, psixofiziologiya, sotsiologiya, matematika, injenerlik va texnologik fanlar maʼlumotlari va metodologiyasidan, mehnatni tashkil etish va normalash tamoyillaridan foydalanadi, umumiy va ijtimoiy psixologiya, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiy-matematik modellashtirish bilan bogʻliq.


    Ergonomika, har qanday fan kabi, quyidagilar bilan tavsiflanadi:
    - tadqiqot ob'ekti;
    - o'rganish mavzusi;
    - ilmiy tadqiqotlar asoslari;
    - fan oldida turgan vazifalar;
    - tadqiqot va muammolarni hal qilish usullari.


    Ergonomik tadqiqotlarining maqsadi — xodimning ishlab chiqarishdagi tabiiy, ijtimoiy-psixologik va texnik-tashkiliy sharoitlarga moslashuvini osonlashtirishdan iborat.

    Ergonomika diqqat markazida ishlab chiqarishdagi aniq sharoitlarda inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitini inson organizmi xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirish yoʻllari va usullarini topish turadi.

    Ergonomika oʻz tadqiqotlari asosida mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat jarayonini qayta tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.


    Download 14.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 14.31 Kb.