• Tovarni peshtaxta orqali sotish
  • Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish
  • Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish
  • Xi bob. Sotish siyosati




    Download 301.68 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/24
    Sana28.02.2024
    Hajmi301.68 Kb.
    #163891
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    11-mavzu
    9, Sardor, 4-ma’ruza. Osi modeli va uning umumiy tavsifi. Osi modelining sa-hozir.org, 1-Mustaqil ish mavzulari, ish-yuritish-hujjatning-rasmiy-hujjatdan-asosiy-farqli-tomonlari, @uqituvchiga hujjat 3-chorak hisoboti, 3-mavzu. Radiouzatuvchi qurilmaning tuzilish sxemasi (1), 1-MA\'RUZA, laziz, Ijtimoiy pedagogika fanining joriy etilishi, vOViXa9iGxSCK5ACRPo0ol6f83h4FW5vn22ta3Lp, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Kartazvezdneba, L6C4BXxPpzqibqE4z78meSs7Vm6GuxdztE7WG5R4, 9-ma\'ruza
    To‘g‘ri marketing - bu xaridor bilan turli vositalar orqali to‘g‘ridan 
    to‘g‘ri muloqot bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan 
    iborat. 
    Franchayzing - bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan 
    biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer 
    firmasining tovar markasi, nomlanishi va reklamasidan foydalanib, 
    tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish va taklif etilishida bevosita 
    qatnashadi. AQShda chakana savdoning 50 % qismi franchayzing tizimi 
    orqali amalga oshiriladi. 
    Tovarni peshtaxta orqali sotish - tovar sotishning odatdagi usuli 
    bo‘lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma 
    asosiy elementlari, chunonchi, tovarlarni ko‘rsatish va uning 
    assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to‘langan 
    tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi. 
    Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida 
    savdo maydoni devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma 
    tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar 
    savatlar yoki aravachalarga o‘zlari solishlari mumkin, tovarning haqi 
    do‘kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to‘lanadi. 


    292 
    Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish 
    joyiga bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va 
    yordami bilan o‘zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin. 
    Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli sharoitida 
    xaridor savdo maydoniga qo‘yilgan namunalarga qarab o‘ziga kerakli 
    tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning 
    haqini to‘lagandan keyin tegishli tovarni bevosita do‘kondan oladi yoki 
    qo‘shimcha haq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi.

    Download 301.68 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 301.68 Kb.
    Pdf ko'rish