“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”,,Zo’ravonlikka qarshi 16 kun”,,Oilaviy zo’ravonlik nima”, ,,Zo’ravonliksiz hayotni o’zingiz yarating”,, Sehrli stul”,,Bizning kuchli va zayif tomonlarimiz” mavzusida ,,Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” |
Xiva shahar 56-sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining amaliyotchi psixologlari Xudayberganova Barchinoyning
|
Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #120714 |
Bog'liq biz zo\'ravonlikka qarshimiz 2023Bu sahifa navigatsiya:
- “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”
- ,,Zo’ravonlikka qarshi 16 kun”
- ,,Oilaviy zo’ravonlik nima”, ,,Zo’ravonliksiz hayotni o’zingiz yarating”
- ,, Sehrli stul”
- ,,Bizning kuchli va zayif tomonlarimiz” mavzusida
- ,,Zo’ravonlikka qarshi 16 kun”
Xiva shahar 56-sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining amaliyotchi psixologlari Xudayberganova Barchinoyning ,,Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” aksiya doirasida qilgan ishlari yuzasidan
Ma’lumotnomasi.
Xiva shahar 56-sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2022-yil 23-noyabr № 03-03/3-273-sonli xati va O‘zbekiston Respublikasi Taxiz markazining 2023-yil 21-noyabrdagi 01-/10-01-334-son xati bilan tasdiqlangan “2023-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassalarida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiyasini o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi doirasida 2023-yil 25-noyabrdan 10- dekabr kunlarigacha aksiya yuqori saviyada o‘tkazildi
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik- pedagogika tashxis markazi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasining namunaviy senariysi ishlab chiqilib, markazning 2023- yil 23-noyabrdagi 01/2-01/2-705- sonli xati asosida 16 kun davomida ta’lim muassasalarda rejada belgilangan ishlar amalga oshirildi.
Berilgan reja asosida 25- noyabrdan 10- dekabrgacha maktabimizda ,,Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” mavzusi doirasida ,,Biz zo’ravonlikka qarshimiz” aksiyasi, shu mavzuga doir rasmlar , slayt – taqdimotlar tanlovlari o’tkazildi. 7-11 sinf o’quvchilariga Oilada bolalarga nisbatan zo’ravonlik videofilm namoyish qilindi hamda film so’ngida o’quvchilarini qiziqtirgan savollarga jovob berildi. Ko’gilli ota-onalar bilan ,,Oilaviy zo’ravonlik nima?”, ,,Zo’ravonliksiz hayotni o’zingiz yarating” mavzularida taqdimotlar qo’yib berildi va suhbatlar tashkil qilindi.
“Zo’ravon va kuchli insonning farqi” mavzusida 7-11 sinf o’quvchilari bilan munozara darslari tashkil qilindi. 9-11 sinf o’quvchilar bilan ,, Sehrli stul” treningi va ,,Agressiya nima?” mavzusida suhbatlar tashkil qilindi, taqdimotlar qo’yib berildi. 7-8-sinf o’quvchilari bilan ,,Biz zo’ravonlikka qarshimiz” mavzusida ochiq dars mashg’ulotlari o’tkazildi. Ochiq dars mashg’ulotlarida zo’ravonlikning biz uchun qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to’g’risida baxs – munozaralar, ,,Bizning kuchli va zayif tomonlarimiz” mavzusida keyslar o’tkazilib muhokama qilindi. Maktab-internatimiz o’qituvchi–xodimlari bilan ham ,,Stress holatini diagnostikasi” so’rovnoma va ,,Sehrli ko’zgu” trening mashg’ulotlari o’tkazildi. O’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar uchun maktabimiz fayasida turli xil bukletlar tashkil qilindi. Barcha taqdimotlar, vidoro’liklar va zarur ma’lumotlar o’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar telegramm guruppalariga joylandi. Maktab-internatimizda ,,Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi o’quvchilarda yuqori bilim, ko’nikma va malaka hosil qildi va ko’tarinki saviyada o’tkazildi.
Maktab-internat direktori: M. Yusupov
Amaliyotchi psixologi: B.Xudayberganova
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Xiva shahar 56-sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining amaliyotchi psixologlari Xudayberganova Barchinoyning
|