• 1.6. Linux operatsion tizimi grafik interfeysi elementlari.
  • Takrorlash uchun savol va topshiriqlar




    Download 7.95 Mb.
    bet10/11
    Sana27.06.2022
    Hajmi7.95 Mb.
    #24462
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-amaliy mashgulot
    Илова жадвал ЮТТ 1 курс ўқув танишув, spring core 2, маъруза 3, ea6178d3950dedd348fd01a328a9e9e6 KOMPUTERNING TEXNIK VA DASTURIY TA’MINOTI, 6-synp. Turkmen dili (2017, M.Hanmatow, A.Hanmatow), 5GoDOgdTYEpcaklo3ueZ, English Vocabulary Organiser with key, MVP01-6 Cars by make, 4f689e21-c9b7-4c9d-9fa4-645164170619 (1) (1), Тесты по Фармхимии 500, Informatikada modellashtirish xakida tushuncha berish-fayllar.org (1), 1. O’qituvchi nutq madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning shar-fayllar.org, Andijon davlat universiteti, 4-ma\'ruza mashg\'uloti
    Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:

    1. Linux operatsion tizimi xususiyatlarini ayting;

    2. Linux distributivlarini ayting;

    3. Linuxni yuklash usullarini ayting;

    4. Linuxni o‘rnatish usullarini sanang;

    5. Linuxni boshqa operatsion tizimlardan farqlarini ayting.



    Mustaqil ishlash uchun masalalar:

    1. Linux ditributivlarini o‘rganib ulardan birini yuklab oling;

    2. Kompyuteringizga Linuxni o‘rnatishga xarakat qiling;

    3. Linux va Windoows operatsion tizimlari farqini o‘rganing.


    1.6. Linux operatsion tizimi grafik interfeysi elementlari.

    Ish stoli.


    Linux operatsion tizimi yuklanganidan so‘ng, ish stoli muhitini-ya’ni ish stoli, panellar, oyna menejeri, fayl menejeri va bir qator tizim dasturlarini ko‘rish va ulardan foydalanish mumkin.
    Linux Ubuntu uchun bir nechta ish stoli muhiti mavjud:

    • Birlik

    • KDE

    • GNOME

    • Xfce

    • Mate

    • LXDE

    • GNOME Flashback

    GNOME-ish stoli muhiti
    GNOME-bu foydalanuvchilarga operatsion tizimning barcha vositalaridan eng sodda va qulay foydalanishni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan yuqori qulaylikdagi moslashuvchan va yengil interfeys. Fedorada va Ubuntu distributivlarida u avtomatik tarzda tizim o‘rnatilgandan keyin ishlatilishni mumkin bo‘lsa, Linuxning boshqa versiyalarida foydalanuvchi kirish ekranida ish muhitini o‘zi tanlashi mumkin.Birinchi ishga tushganda GNOME foydalanuvchini ekranning yuqori qismida joylashgan an'anaviy boshqaruv paneli va toza ish stoli bilan kutib oladi(16-rasm).
    Ushbu ish stolining o‘ng tomonida asosiy funktsiyalarni boshqarish uchun piktogrammalar quvvat manbai, internetga ulanish, ovoz regulyatori kabilarni ko‘rish mumkin (20-rasm).

    20-rasm.Ubuntu ish stoli
    Ekranning chap tomonida «Обзор»tugmasi joylashgan bo‘lib, u ishlab turgan ilovalar oynasiga, qidiruvga, tanlangan dasturlar va dinamik ish stoliga yorliqlar joylashgan “Tez ishga tushirish paneli” paneliga kirishga imkon beradi(21-rasm).

    21-rasm. Tez ishga tushirish paneli
    Klaviaturada bu panelni Linuxda “Super” tugma deb nomlanuvchi Win tugmasidan foydalanib xam ochish mumkin.
    Tez ishga tushirish paneli, o‘z navbatida, sichqoncha g‘ildiragi yordamida yoki maxsus oq nuqta shaklida tugmachalar bilan yuqoriga va pastga siljish mumkin bo‘lgan lenta ko‘rinishida bo‘lib, tizimda o‘rnatilgan barcha ilovalarning yorliqlariga tezda o‘tishga xizmat qiladi(23-rasm). Har xil distributivlarda ilovalar to‘plami turlicha bo‘lishi mumkin, tizimning asosiy yordamchi dasturlari, terminal, nautilus, Mozilla Firefox brauzeri, ofis muharrirlari va ilovalar markazi o‘zgarmaydi.

    22-rasm. Tez ishga tushirish paneli yorliqlari
    GNOMEning barcha versiyalarida yordam olish-ma'lumotnoma oynasi ham mavjud(23-rasm).

    23-rasm. Yordam olish-ma'lumotnoma oynasi



    Download 7.95 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 7.95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

    Download 7.95 Mb.