Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari




Download 7.95 Mb.
bet4/11
Sana27.06.2022
Hajmi7.95 Mb.
#24462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-amaliy mashgulot
Илова жадвал ЮТТ 1 курс ўқув танишув, spring core 2, маъруза 3, ea6178d3950dedd348fd01a328a9e9e6 KOMPUTERNING TEXNIK VA DASTURIY TA’MINOTI, 6-synp. Turkmen dili (2017, M.Hanmatow, A.Hanmatow), 5GoDOgdTYEpcaklo3ueZ, English Vocabulary Organiser with key, MVP01-6 Cars by make, 4f689e21-c9b7-4c9d-9fa4-645164170619 (1) (1), Тесты по Фармхимии 500, Informatikada modellashtirish xakida tushuncha berish-fayllar.org (1), 1. O’qituvchi nutq madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning shar-fayllar.org, Andijon davlat universiteti, 4-ma\'ruza mashg\'uloti

1.3.Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari


Linux manba kodi bepul va ommaga ochiq bo‘lganligi sababli, tizimni rivojlantirishga boshidanoq ko‘plab mustaqil ishlab chiquvchilar jalb qilingan. Shu tufayli Linux hozirda eng zamonaviy, barqaror va tez rivojlanayotgan tizim bo‘lib, deyarli bir zumda eng so‘nggi texnologik yangiliklarni o‘z ichiga oladi. UNIX kabi zamonaviy to‘liq ishlaydigan operatsion tizimlarga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega.

Operatsion tizim sifatida linux quyidagi xususiyatlarga ega:

  • ko‘p vazifalilik: bir vaqtning o‘zida ko‘plab dasturlarning ishlatilishi;

  • ko‘p foydalanuvchi rejimi: ko‘p foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida bitta mashinada ishlay olishi;

  • protsessorning himoyalangan rejimi (386 protected mode);

  • jarayon xotirasini himoyalash; ishlab turgan dasturning ishdan chiqishi tizimning ishlashiga salbiy tasir etmaydi;

  • tejamkor yuklash: Linux diskdan faqat dasturning amalda bajarilishi uchun foydalaniladigan qismlarini o‘qiydi;

  • ma’lumotlar sahifalarini bajarilayotgan dastur nusxalari o‘rtasida taqsimlanishi. Bu dasturlarning jarayon-nusxalari bajarilish vaqtida bitta xotiradan foydalanishlari mumkinligini anglatadi. Bunday jarayon xotiraga yozmoqchi bo‘lganda, yozilayotgan 4KBaytli sahifa bo‘sh joyga nusxalanadi.Bu xususiyat tezkorlikni oshiradi va xotirani tejaydi;

  • sahifali tuzilishga ega virtual xotira (ya’ni diskga xotiradan butun aktiv bo‘lmagan jarayon emas, balki faqat zaruriy sahifa ajratiladi); har bir mustaqil disk bo‘limlari va/yoki fayl tizimi fayllari uchun virtual xotira; 2 GBaytgacha virtual xotira xajmi; dasturlar bajarilish vaqtida virtual xotira xajmining o‘zgarishi;

  • dasturlar va disk keshi uchun umumiy xotira:xotiradagi barcha bo‘sh joy disk bilan almashish buferizatsiyasi ucun ishlatiladi;

  • dinamik yuklanadigan taqsimlanadigan kutubxonalar;

  • post-mortem tahlili uchun dasturning dampi: otladchikga nafaqat bajarilayotgan, balki avariya holatida tugagan dasturni ham tahlil qilish imkoniyatini beradi;

  • POSIX.1 standarti bo‘yicha sertifikatsiya, System V va BSD standartlariga dastur matnlari darajasida mutanosiblik;

  • Barcha dasturlar kodlarining mavjudligi va ochiqligi, shu jumladan tizim yadrosi, drayverlar, dastur ishlab chiqish vositalari va ilovalar kodlari xam. Bu kodlar erkin tarqatiladi.Xozirda ayrim firmalar Linux uchun ayrim tijorat dasturlarini ochiq kodlarsiz taqdim etmoqdalar, lekin oldin ochiq bo‘lgan kodlar xaligacha ochiqligicha qolmoqda;

  • vazifalarni POSIX standartida boshqarish;

  • soprotsessorning emulyatsiyasi yadroda, shuning uchun ilova soprotsess emulyatsiyasi haqida qayg‘urmasligi mumkin. Albatta, agar soprotsessor mavjud bo‘lsa, u ishlatiladi.

  • milliy alifbolar va til bo‘yicha kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan rus tili uchun; yangisini qo‘shish qobiliyati mavjud;

  • bir nechta virtual konsollar: bitta displeyda bir vaqtning o‘zida bir nechta mustaqil seanslar, xar bir seansga klaviaturadan o‘tish mumkin

  • bir qator keng tarqalgan fayl tizimlarini qo‘llab-quvvatlash (MINIX, Xenix, System V fayl tizimlari); 4 terabaytgacha xajm va fayl nomlari 255 belgigacha bo‘lgan o‘zining ilg‘or fayl tizimining mavjudligi;

  • DOS (yoki OS / 2 FAT) bo‘limlariga shaffof kirish: DOS bo‘limi Linux fayl tizimining bir qismi kabi ko‘rinadi; VFAT-ni qo‘llab-quvvatlash (WNT, Windows 95);

  • Linuxni DOS fayl tizimiga o‘rnatish imkonini beruvchi maxsus UMSDOS fayl tizimi

  • HPFS-2 OS / 2 2.1 fayl tizimiga kirish (faqat o‘qish);

  • barcha standart CD ROM formatlarini qo‘llab-quvvatlash;

  • TCP / IP tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ftp, telnet, NFS va boshqalar.


Download 7.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 7.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari

Download 7.95 Mb.