Linux operatsion tizimini o‘rnatish




Download 7.95 Mb.
bet8/11
Sana27.06.2022
Hajmi7.95 Mb.
#24462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-amaliy mashgulot
Илова жадвал ЮТТ 1 курс ўқув танишув, spring core 2, маъруза 3, ea6178d3950dedd348fd01a328a9e9e6 KOMPUTERNING TEXNIK VA DASTURIY TA’MINOTI, 6-synp. Turkmen dili (2017, M.Hanmatow, A.Hanmatow), 5GoDOgdTYEpcaklo3ueZ, English Vocabulary Organiser with key, MVP01-6 Cars by make, 4f689e21-c9b7-4c9d-9fa4-645164170619 (1) (1), Тесты по Фармхимии 500, Informatikada modellashtirish xakida tushuncha berish-fayllar.org (1), 1. O’qituvchi nutq madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning shar-fayllar.org, Andijon davlat universiteti, 4-ma\'ruza mashg\'uloti

1.5.Linux operatsion tizimini o‘rnatish


Linux distributivining ISO-obrazi yuklab olingandan keyin, uni CD yoki USB flesh xotirasiga yozish kerak.
CD-diskga yozishni standart operatsion tizim vositalari yordamida amalga oshirish mumkin: Windowsda "Запись образа диска" yoki macOSda "Disk Utility".
ISO obrazni USB flesh-diskiga yozish uchun maxsus yordamchi dasturlar kerak bo‘ladi. Windows operatsion tizimida Rufus dasturini, macOS operatsion tizimida esa Etcher dasturini ishlatish mumkin. Bu dasturlar juda oddiy interfeysga ega bo‘lgani uchun ISO obrazni USBga yozish ko‘p mehnat talab qilmaydi.

1-rasm. ISO obrazni USB flesh-diskiga yozish uchun maxsus yordamchi dastur
Yana bir usullaridan biri - ISO arxivining tarkibini USB flesh xotiraga ochish. Biroq, bu faqat an'anaviy BIOS o‘rniga yangi UEFIga ega bo‘lgan zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi.
Disk bo‘limini tayyorlash
Agar kompyuterda o‘rnatilgan tizimni saqlagan xolda, Linuxni ham ishlatmoqchi bo‘lsangiz, qattiq disk bo‘limlarini ikkinchi operatsion tizimni o‘rnatishga tayyorlsh kerak. Agar siz kompyuteringizni Linuxga to‘liq o‘tkazishga yoki operatsion tizim(OT)ni bo‘sh qattiq diskka o‘rnatishga qaror qilsangiz, bu bo‘limni o‘tkazib yuboring.
Windowsda Linuxni o‘rnatish uchun “Управления дисками” vositasidan foydalaniladi. Linuxni o‘rnatish uchun joy ajratmoqchi bo‘lgan disk yoki bo‘lim tanlanadi. Ko‘pgina distributivlar uchun xotirada 15 GB bo‘sh joy etarli bo‘ladi. Ammo agar ko‘plab ilovalarni o‘rnatish ehtiyoji bo‘lsa, ko‘proq joy ajratishga to‘g‘ri keladi. Qattiq disk bo‘limida o‘ng tugmani bosib “Сжать том” buyrug‘ini tanlab, keraklicha o‘lcham kiritiladi va OK bosiladi.Bunda diskda ma’lumotlarni siqish jarayoni boshlanadi.Jarayon sekin davom etishi mumkin, shuning uchun sabr qilib kutishga to‘g‘ri keladi.
Disk boshqaruvi bo‘limlarning o‘lchamlarini o‘zgartirib bo‘lgach, diskda qora bilan belgilangan bo‘sh taqsimlanmagan bo‘sh joy paydo bo‘ladi. Shu joyga Linuxni o‘rnatish mumkin.
Keyinchalik, agar Linux kerak bo‘lmasa, bo‘limni o‘chirib tashlash va bo‘sh joyni xuddi shu "Управления дисками" vositasi yordamida Windowsga qaytarish mumkin.

Download 7.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 7.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Linux operatsion tizimini o‘rnatish

Download 7.95 Mb.