|
IP-texnologiya haqida tushuncha
|
bet | 137/175 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 7,42 Mb. | | #237523 |
Bog'liq To\'plam Web43.2. IP-texnologiya haqida tushuncha.
Kompyuterlar Internet orqali bir-birlariga ma’lumotni uzatishga qodir. E-pochta (E-mail) bularning eng sodda misolidir. Chunonchi, tovushni ham raqamli ma’lumotga aylantirish hamda uni xuddi boshqa ma’lumot turlari kabi kompyuterlarning bir-birlari orasida uzatilishi ham mumkin. IP-telefoniya – bu ma’lumotni uzatish tarmog‘i bo‘ylab tovushni uzatishdir. Bunday tovush uzatishning an’anaviy holatidagi analogli telefon bog‘lanishining asosiy farqli joyi shundaki, tovushni raqamli signallarga aylantirib, uni ma’lumot ko‘rinishida uzatish demakdir. IP-telefoniya (VoIP qisqartma ingliz so‘zidan olingan bo‘lib, “Voice over Internet Protocol”-ya’ni “Tovushni Internet bayonnomasi bo‘ylab uzatish” degan ma’noni bildiradi) -Internet bilan birgalikda hayot tarziga kirib borayotgan texnologik yangilik hisoblanadi. IP-telefoniyaning negizida telefon so‘zlashuvlarini an’anaviy telefon so‘zlashuvidan ko‘ra 2-3 martaga arzonlashtiruvchi texnologiyalardan hisoblanadi. Uning boisi shundaki, tovush signalining asosiy qismi Internet tarmog‘ida raqamli ko‘rinishda o‘tadi. Shuning uchun ham an’anaviy telefon liniyalarida sodir bo‘ladigan xizmatdan ko‘ra ozroq xarajat va sifatli aloqa xizmatlari imkoniyatini yaratib beradi. Texnologiyasi. An’anaviy telefon so‘zlashuvi tushunchasi mazmunida – ikki abonentning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishi uchun imkoniyat yaratilishi ifodalanadi. An’anaviy telefon xizmatida turli mamlakatlardagi operatorlarning xalqaro kommutasiya markazlarida tashkil etilgan qattiq belgilangan marshrutning maxsus ajratilgan kanallari yordamida ma’lumot (yoki so‘zlashuv) o‘tadi. IP-telefoniya holatida esa Sizning telefon so‘zlashuvingiz, ya’ni tovush signali filiallardagi kommutatorning VoIP-shlyuzi (serveri)ga uzatiladi, boshqacha qilib aytganda operatorgacha mahalliy qo‘ng‘iroq vujudga keladi. Shunday tartibdagi aloqani siz filiallarimiz tomonidan chiqarilgan universal oldindan to‘langan kartochkalar yordamida tashkil qilasiz. So‘ngra signal raqamli ko‘rinishga keltirilib, Internet tarmog‘i orqali istalgan mamlakatdagi kommutator kanaliga uzatiladi. Ana shundan so‘ng, ushbu kommutator raqamli tovush signalini oddiy signalga aylantirib sizga tegishli chaqirilayotgan abonentga uzatiladi. Bu jarayon albatta juda ham tez soniyalarda vujudga kelib, aloqa kanalidagi sizning internet tarmog‘ida jo‘natilayotgan paketlardagi so‘zlashuvingiz qismlari turli kanallardan o‘tadi, bu esa kechikish holatini vujudga keltirishi mumkin. IP-telefoniyadagi aloqa sifati, ko‘pincha operatorning xalqaro kanalining sig‘imiga bog‘liq bo‘ladi. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida a’lo darajada optik tolali kanallar orqali yetarli sig‘imdagi xalqaro kanallariga ega. Shuning uchun ham ishonib tasdiqlash lozimki: an’anaviy aloqa xizmati texnologik jihatidan ko‘ra doim yaxshi bo‘lgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi mijozlari uchun uni taklif etishdan rad etishni nazarda tutmaydi).IP-telefoniya kartochkalari haqida Respublikamizda internet xizmatini yetkazish bo‘yicha faoliyat olib boradigan internet provayderlarining soni tobora oshib bormoqda va biz bugungi kunda, har bir provayderlar tomonidan chiqarilgan internet kartochkalarining xususiyati haqida tushunchaga egamiz. Undan tashqari ayrim operator yoki korxonalar tomonidan telefon kartochkalari ham chiqarilgan. Internet yoki telefon kartochkalari – bu oldindan to‘langan to‘lov kartochka bo‘lib, mijozga internet yoki telefon xizmatini belgilangan nominal (vaqtni so‘m bo‘yicha) foydalanish xizmatini yetkazuvchi vosita hisoblanadi.So‘nggi paytlarda, yangi maxsus, ya’ni universal oldindan to‘langan to‘lov ham internet va ham telefon kartochkalari joriy etildi. Ushbu universal kartochkalarni boshqacha qilib, IP-telefoniya kartochkalari deyilsa ham bo‘ladi. Aynan shunday kartochkalarni, hozirgi kunda, “UzNet”, “TShTT” va “TTTS” filiallari tomonidan chiqarilmoqda. Ushbu universal oldindan to‘langan to‘lov (IP-telefoniya) kartochkalari quyidagi afzalliklarga ega:
• Ham xalqaro telefon so‘zlashuvlari hamda internetdan foydalanish xizmati (ikki xizmat bir vaqtda);
• Kartochkaning egasi mijoz hisoblanadi (sizga provayderning abonentlar bo‘limi orqali to‘lov o‘tkazish talab qilinmaydi);
• Qo‘ng‘iroqlar O‘zbekiston Respublikasining istalgan punktidan turib amalga oshiriladi;
|
| |