|
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 152/175 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 7,42 Mb. | | #237523 |
Bog'liq To\'plam WebTakrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Elektron to‘lov tizimlari?
2. Elektron pullar?
3. Webmoney va PayPal qanday tizmlar?
50-MAVZU: BANK KARTALARI KABI TO‘LOV TIZIMLARI BILAN ISHLASH TAMOYILLARI, XAVFSIZLIK TIZIMI.
Reja:
50.1. Bank kartalari haqida tushuncha.
50.2. Muayyan faoliyat uchun mo'ljallangan turli xil bank kartalari.
50.1. Bank kartalari haqida tushuncha.
Bank kartasi – mahsulotlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz shaklda haq to'lash, pulni saqlash va olib yurish, hamda zarur hollarda esa naqd pul yechish uchun zamonaviy qulay to'lov vositasidir. Bank kartasi orqali do'konda xaridlar, hattoki internetda har qanday mahsulotlar, samolyot yoki poyezd chiptalari uchun to'lovlarni amalga oshirish mumkin.
Odatda, kartalar banklar tomonidan chiqariladi. Bunda bank-emitent kartaning egasi oldida kartaga xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlarga ega bo'ladi.
Nima uchun kartalarni ishlatish foydali va qulay?
Hisobvaraqni boshqarish. Karta egasi hisob raqamidan haftaning istagan kuni yoki vaqtida pul mablag'larini yechib olishi mumkin.
Xavfsizlik. Karta naqd pulning deyarli o'rnini egallaydi va naqd pulni katta miqdorda o'zi bilan olib yurishga xojat qolmaydi. O'z navbatida, pulni yo'qotish xavfi ham kamayadi.
Qulaylik. Kartaning bu afzalligi, ayniqsa, chet elda karta egasining hayotini osonlashtiradi. Katta miqdorda valyuta olib yurishning hojati bo'lmaydi, chunki barcha xarajatlarni karta bilan to'lash mumkin. Bundan tashqari, bankomatlar yordamida hisobingizdan naqd pulni yechib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bugungi kunda 200 dan ortiq mamlakat to'lov operatsiyalarida bank kartalaridan foydalanmoqda.
Internet orqali xizmatlar uchun to'lovlar/xaridlar. Internet orqali biznes jadal rivojlanmoqda. Har yili onlayn-do'konlar soni ko'paymoqda hamda bank kartalarini to'lov sifatida qabul qiluvchi boshqa xizmat turlari soni oshmoqda.
|
| |