|
Muayyan faoliyat uchun mo'ljallangan turli xil bank kartalari
|
bet | 153/175 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 7,42 Mb. | | #237523 |
Bog'liq To\'plam Web50.2. Muayyan faoliyat uchun mo'ljallangan turli xil bank kartalari.
Debet bank kartasi – bankdagi joriy hisob raqamingizga ulangan bank kartasi. Bu karta mahsulotlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to'lovlar, bankomat orqali naqd pulni yechib olish va pul o'tkazmalarini amalga oshirish uchun ishlatish mumkin. Debet kartasiga ish haqi, pensiya, stipendiya, ijtimoiy nafaqalar, depozit bo'yicha foizlar kabi mablag'lar o'tkazilishi mumkin. Bugungi kunga kelib aynan bu turdagi kartalar juda mashhur hisoblanadi.
Kredit bank kartasi – bu kredit shartnomada belgilangan chegara doirasida bank mablag'lari hisobidan to'lov operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi bank kartasidir.
Xalqaro kartalar – xalqaro to'lov tizimlarida qo'llaniladigan kartalar.
Viza va MasterCard kabi to'lov tizimlari.
Korporativ bank kartalari – xodimlarga tashkilot manfaatlari yo'lida xaridlarni amalga oshirish va to'lov hujjatlarni to'lash imkonini beruvchi bank kartasi.
Karta vositasida amalga oshirilgan operatsiyalarning ishonchliligi qanday ta'minlanadi?
K artaning oldi tarafida egasining nomi, kartaning raqami, amal qilish muddati, kartani bergan bank nomi va to'lov tizimining logotipi ko'rsatilgan. Teskari tomonida esa karta egasining imzosi va magnit tasmasi mavjud. Ushbu tasma karta haqidagi elektron ma'lumotlarni saqlaydi. So'nggi yillarda kartaga o'rnatilgan chip ma'lumot tashuvchi sifatida keng ishlatilmoqda.
Agar Siz kartani yo'qotsangiz uning amal qilish muddatini to'xtatish uchun darhol kartani bergan bankka murojaat qilishingiz kerak. Shunda, yo'qotilgan karta orqali amalga oshiriladigan har qanday operatsiyalar bloklanadi va hech kim pulingizni ishlata olmaydi. Bir necha kun ichida bank kartani qayta chiqarib beradi.
K arta orqali o'tkazilgan operatsiyalarni kuzatish uchun SMS-xabarnoma funksiyasini yoqish tavsiya etiladi. Bank kartangizga mablag'lar kelib tushganda yoki ularni sarflaganingizda bankingizdan SMS keladi. Agar Siz bajarmagan chiqim operatsiyalarini ko'rsangiz, kartani tezda bloklashingiz mumkin. Bank kartasi yordamida mobil ilovalar orqali barcha bank xizmatlaridan foydalanish mumkin (qo'shimcha ma'lumotni “Mobil banking” maqolasida ko'rsangiz bo'ladi). Xitoy va hozirda esa xalqaro to'lov tizimiga aylangan UnionPay 2002 yilda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda ushbu to’lov tizimidagi kartalar dunyoning 180 ta davlatida to'lov uchun qabul qilinadi. Hozirda 197 ta davlat mavjudligini inobatga olsak, Xitoyning UnionPay International kompaniyasi oʻz xizmatlari bilan butun dunyo davlatlarining 91 foizini qamrab olgandir.
Ushbu kompaniyaning reklamalari shuni ko'rsatadiki, masalan, Italiyada UnionPay kartalari ushbu mamlakatdagi eng yirik banklarning 50% bankomatlari tomonidan qabul qilinadi, Gretsiyada esa mahalliy savdo nuqtalarining 95 foizida ular orqali xaridlar uchun to'lash mumkin. Aslida UnionPay plastik karta egalarining bergan xulosalari shuni ko'rsatadiki, ba'zida chet elda ushbu kartalardan naqd pulni yechish yoki to’lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.Ba'zi mamlakatlarda ushbu to’lov tizimidagi kartalarni faqat bir nechta banklar va chakana savdo tarmoqlari qabul qiladi. Tegishli stiker bilan do'kon yoki bankomatni topish uchun ko'p vaqt ketadi. Do'konning kassasida tegishli belgi bo'lsa ham, to'lov operatsiyasi o'tmasligi mumkin. Xuddi shu holatlar xorijiy onlayn-do'konlarda va onlayn-servislarda to'lovni amalga oshirishda ham paydo bo'lishi mumkin (tizim xato xabarini ko'rsatadi va to'lov amalga oshirilmaydi).Karta qaysi holatlarda aniq ishlashi yoki ishlamasligini aniqlash uchun faqat uni ishlatib ko’rish kerak. Shu sababli, UnionPay kartalarini Visa va MasterCard kartalarining to'liq o'rnini bosuvchi karta deb atash hali ham qiyin.UnionPay kartalari: O‘zbekistonda Union Pay kartalari nisbatan yaqinda muomalaga chiqarilgan. Lekin ular allaqachon o'z mashhurligiga ega, chunki Xitoy O'zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ko'pgina banklar ushbu kartalarni Uzcard milliy to'lov tizimi bilan birgalikda kobeydj kartalar ko'rinishida chiqaradilar. Biz ular haqida oldingi maqolalarda yozgan edik. Bunday kartalar qulay, chunki ulardan mamlakat ichida ham, chet elda ham foydalanish mumkin.
|
| |