|
Web – hujjat (web- документ, web-dokument)
|
bet | 73/175 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 7,42 Mb. | | #237523 |
Bog'liq To\'plam WebWeb – hujjat (web- документ, web-dokument) –
1. Odatda, maxsus murojaat HTML (Hypertext Marko‘p Language) tilidagi hujjat.
Web - hujjat Umumjaxon tarmog’i asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat bo‘lib, foydalanuvchiga ajratib ko‘rsatilgan so‘z yoki jumlaga qaratib, ma’lumotlarni o‘qish, hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan gipermurojaat yordamida bog’langan boshqa web -hujjatga o‘tish imkonini beradi. Web -hujjat, shuningdek, matn, tasvir, tovushlarni mujassamlovchi gipermuhit ma’lumotni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
web -hujjatni ochish, ularni o‘qish yoki aks ettirish Internet brauzerlari yordamida amalga oshiriladi. Web - hujjat tushunchasi « web-sahifalar» va « web-saytlar» tushunchalari bilan
chambarchas bog’liq.
Web - sayt statistikasi (статистика web сайта, web) - saytlar egalariga saytda tashrifchilar soni, qaysi bo‘limlar eng ko‘p mashhur bo‘lgan va boshqa narsalarni bilish imkonini beradi.
Web -sahifa nomi (название web-страницы, webpage title) - web -sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi web - brauzeri oynasining sarlavha qatorida aks etiriladi.
Web-dastur (Web- приложения, Web-program) - Web-serverlarda ayrim amallarni avtomatlashtirish maqsadida qo‘llaniladigan dasturiy vositalar. Dasturlar mijozserver arxitekturasida yaratiladi. Bunday dasturlarga: ISAPI, CGI, ASP, JSP, WAPlarni kiritish mumkin.
12.2. Web-interfeys
(web- интерфейс, web-interface) foydalanuvchiga web -brauzer orqali turli dasturlar bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o‘z buyurtmasini boshqarish Internet do‘konida yoki tarmoq printerini sozlash). Web - interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan
xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, web - interfeyslar turli ma’lumotlar bazalarini to‘ldirish yoki Internet OAV da materiallarni chop etish uchun ishlatiladi.
12.3. Server texnologiyalar.
Bitta Web serverda (kompyuterda) bir qancha tashkilot yoki korxonalarning Web saytlari (uzellari) Web saxifalari joylashishi mumkin.
Unikal nomer va marshrutga ega bo‘lgan, berilganlarni shu marshrutlar orqali oldi-berdi kiruvchi IP – tarmoqlar. Bular DNS nomlar servisi bilan ishlaydi.
WWW server mavjud bo‘lib u WWW klientlar so‘rovlariga javob qaytaradi. So‘rovda axborotlar gipertekstli hujjatlar shaklida bo‘ladi.
Bu hujjatlar HTML – gipertekstli hujjatlarni xosil qiluvchi tilda bo‘lishi lozim. Bu hujjatlar statik ko‘rinishda yoki dinamik ko‘rinishda bo‘ladi. Statik ko‘rinishda hujjatlar fayllar shaklida disklarda saqlanadi. Dinamik shaklda esa so‘rov parametrlariga qarab maxsus dasturiy ta’minot orqali dinamik holda xosil qilinadi. Dinamik hujjatlar yaratishda, WWW server maxsus CGI dasturlar i shaklida xosil qilinadi.
|
| |