Eng qiyin fanlar matematika va yapon tili. Uning o’ziga xos xususiyatlari




Download 45.77 Kb.
bet2/9
Sana08.06.2023
Hajmi45.77 Kb.
#70940
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU

Eng qiyin fanlar matematika va yapon tili. Uning o’ziga xos xususiyatlari. Yaponliklar farzandlarining eng yaxshi, yuqori ta’lim olishini juda hohlaydilar. Ta’limga bunday katta e’tibor ―dzyuku maktablarining yaratilishiga asos bo‘ldi. Dzyuku-nufuzli o‘quv muassasalariga tayyorlovchi maxsus kechki maktablardir. Bunday maktablarning analogi XVIII asrda yapon cherkovida paydo bo‘lgan, hozirgi kunda dzyukular soni 100 mingdan oshiq. Kichik dzyukular 5-6 o‘quvchidan iborat bo‘lib, o‘qituvchining uyida shug‘ullanadi. Katta dzyukular 5 minggacha o‘quvchilarni yig‘adi. O‘qish bu maktablarda soat 16:50dan 20:50gacha davom etadi, darslar dushanbadan jumagacha bo‘ladi, haftalik nazoratni odatda yakshanba ertalabgacha belgilashadi.
Yuqori (o‘rta) maktab majburiy emasligiga qaramay, unda 94% o‘quvchilar tahsil oladilar. Yuqori o‘rta maktab soni 55%ni tashkil etadi, shunga qaramay davlat va xususiy katta maktablar pullik. Yuqori o‘rta maktabning 1-yil uchun dasturi hammaga bir xil, lekin keyingi 2 yil ichida oliy ta’lim olish maqsadiga ko‘ra kursni tanlash nazarda tutilmoqda. Yuqori maktab dasturlari o‘rta maktab va boshlang‘ich maktab dasturlariga ko‘ra xilma-xil, lekin o‘quvchilarga bilimning u yoki bu sohasiga ixtisoslanishi bo‘yicha imkoniyatlar yaratiladi. Yuqori maktablarda o‘qish pulli, lekin davlat muassasalarida arzonroq. Pulli, xususiy o‘rta va boshlang‘ich maktablar ham bor. Barcha pulli ta’lim muassasalarida stipendiyalar konkursi g‘olibi bo‘lsa, tekin o‘qish mumkin yoki chegirmalar olish mumkin.
O‘rta maktabdan yuqori maktabga o‘tish imtihonlar natijalariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. O‘rta maktabda o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ko‘ra o‘quvchi kirish imkoniyati bor bo‘lgan katta maktab ro‘yxatini oladi. Odatdagi davlat maktablaridan tashqari pulli xususiy maktab- akademiyalar (gakuenlar) bor. Shuningdek, umumdavlat maktabi maqomidagi ―milliy maktablar mavjud. Bu akademiyaga kirish uchun yuqori konkurs asosida alohida imtihonlar topshiriladi. Bir tarafdan akademiyada yaxshi ta’lim dasturlari mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi oliy maktab yoki universitetga kirish uchun imkoniyat beradi.
Yaponiya hukumati Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini o‘qituvchi lavozimiga tayinlashda qattiq tanlov siyosatini olib boradi. Boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, davlat maktabi o‘qituvchisi bo‘lish uchun yapon fuqarosi o‘qituvchi diplomini olishi kerak va o‘qituvchilikka tayinlash imtihonidan o‘tishi shart. Yaponiyada yuqori o‘rta maktablarning kunduzgi (o‘qish -3yil), kechki va sirtqi (o‘qish 4 yil) turlari bor. Kechki va sirtqi maktabni bitirganlik haqidagi guvohnomasi xuddi kunduzgi yuqori maktabnikiday bo‘lsa ham, 95% o‘quvchilar maktabning kunduzgi bo‘limida tahsil olishadi. Yuqori maktablarga qabul qilish kichik maktabni tugatganlik va kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha konkursdan o‘tganligi haqidagi hujjat asosida amalga oshiriladi. Yuqori o‘rta maktabda yapon tili, matematika, tabiiyot, jamiyatshunoslik va b. majburiy umumta’lim fanlariga qo‘shimcha holda o‘quvchilar tanlov bo‘yicha fanlarni taklif qiladilar, bu ingliz tili, yoki boshqa chet tillar, shuningdek, texnik va maxsus fanlar bo‘lishi mumkin. 12-sinfda o‘quvchilar o‘zi uchun ta’lim profillaridan birini tanlashi kerak.2 Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi ko‘rsatmasiga ko‘ra, yuqori o‘rta maktabda bilimlarni baholashda OTM tizimidan foydalaniladi. Bu har bir o‘quvchi 12 yillik o‘rta ta’limni tugatganligi haqida guvohnoma olishi uchun 80 kredit (zachyot birligi)ni yig‘ishi lozim deganidir. Masalan, yapon tili va zamonaviy yapon adabiyotini har bir kursini o‘rganish natijalari bo‘yicha 4ta kredit beriladi, yapon tili leksikologiyasi bo‘yicha 2 kredit, klassik til bo‘yicha 2 kredit. Yaponiyada kasb-hunar ta’limi. Yaponiyada yuqori o‘rta maktabda o‘qishni hohlamaganlar 5 yillik ―texnik kollejlar-kasbiy texnika bilim yurtlariga kirishlari mumkin. Lekin bu o‘qishlarga kirish shunchalik oddiy emas, eng yaxshilaridan juda katta konkurs asosida qabul qilinadi, chunki Yaponiyada yuqori malakali ishchilar juda ham zarur. Universitet o‘rniga 2 yillik kollejga kirish mumkin, unda maxsus ta’lim beriladi. Bu kollejlarda yapon qizlarining 90 foizi % o‘qiydilar va ayollar kasbini egallaydilar: tibbiyot hamshirasi, bolalar bog‘chasi tarbiyachisi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, yuqori malakali uy xonimlari, aktrisa.
Yaponiyada kuchli 20 talikka kirgan eng zo‘r Osiyo universitetlari: Tokio universiteti, Osako universiteti, Kioto universiteti, Toxoku universiteti, Nagoya universiteti, Tokiyo texnologiya instituti, Kyusyu universiteti, Sukuba universitetlaridir. Universitet tanlashda birinchi mezon-uning nufuzliligida. Bunday nufuzli OTM bitirgan yosh yigit-qizlar darhol ishga olinadi. Yaponiya universitetlarida o‘quv jarayonini tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, umumilliy va maxsus fanlar aniq bo‘lib o‘qitiladi. Birinchi ikki yillikda barcha talabalar umumta’lim tayorgarligini oladilar. Bunda umumilliy fanlar: tarix, falsafa, adabiyot, jamiyatshunoslik, chet tillari o‘tiladi, shuningdek, bo‘lajak kasbi bo‘yicha maxsus kurslarni eshitadilar. Ilk ikki yillikda talabalar tanlagan kasblari mohiyatiga chuqurrok kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, o‘qituvchilar esa-talabaning kasblarining to‘g‘ri tanlaganliklariga ishonch hosil qiladilar va ilmiy salohiyatini aniqlashga erishadilar.

Download 45.77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 45.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eng qiyin fanlar matematika va yapon tili. Uning o’ziga xos xususiyatlari

Download 45.77 Kb.